Splenomegaliya (Taloq hajmining kattalashishi)

Splenomegaliya – taloq hajmining kattalashishi. Taloq hajmi kattalashishiga sirroz, jigar o‘smalari, surunkali va o‘tkir infeksiyalar, taloqda, umuman butun organizmda qon aylanishing buzilishi, leykoz, kamqonlik va turli gematologik kasalliklari, granulematoz kasalliklarni sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. Splenomegaliya chap tomon qovurg‘a ostida og‘riq, ich qotishi, qorin dam bo‘lishi, ishtaha bo‘lmasligi, jig‘ildon qaynashi kabi belgilar bilan bemorda namoyon bo‘ladi.

Soglom va Splenomegaliyaga uchragan taloq

Sog‘lom va Splenomegaliyaga uchragan taloq

Taloq hajmi kattalashishi uning qonni tortish xususiyatini ham oshiradi. Qondan ko‘p miqdorda tortib olingan patalogik hujayralar taloqning filtrlash xossasini yomonlashtiradi. Bu esa taloqning yanada kattalashishiga olib keladi. Natijada qondan juda ko‘p miqdorda hujayralar tortib olina boshlaydi va gipersplinizm(qon hujayralarining faol ravishda yemirilishi) yuzaga keladi. Bu esa qondagi eritrotsit, trombotsit va leykotsitlar miqdori kamayishiga sababchi bo‘ladi. Agar taloq kattalashganda zarur choralar ko‘rilmasa, taloq pataologik hujayralardan tashqari sog‘lom hujayralarini ham yemira boshlaydi. Shu sababdan ham splenomegaliyani o‘z vaqtida davolashga alohida e’tibor qaratish lozim.

Davolashda asosan kasallikka sabab bo‘layotgan omilni yo‘qotishdan boshlanadi. Ba’zan kattalashgan taloqni jarrohlik usuli bilan olib tashlashga zarurat tug‘ilishi mumkin.

 

1 ta savol

  1. Аноним

    Qaysi shifoxonaga murojat qilish kerak .manzilini berolasilarmi

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*