«Soxta» homiladorlik ?! U nima?

Yoshim 22 da. Uch oy oldin turmushga chiqdim. To‘ydan ikki hafta o‘tib, ko‘nglim aynib, qayt qila boshladim. Ko‘rikdan o‘tsam hech qanday o‘zgarish yo‘q, ya’ni homilador emasman. Bezovtaliklar vaqti-vaqti bilan asosan kechqurun qaytalanib turibdi. Homiladorlikni aniqlash uchun test qilsam, hech nima chiqmaydi. Nega bunday bo‘layotganini tushunmayapman.

soxta homiladorlik haqida

Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:

Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilishi faqat homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Ba’zida «soxta homiladorlik» ham kuzatilishi mumkin.  Oshqozon faoliyatidagi o‘zgarishlar, jigar, o‘t pufagi yallig‘lanishi, o‘n ikki barmoqli ichak yoki me’da yaralarida ham shu kabi bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Aniq tashhis uchun gastroentrolog shifokor ko‘rigidan o‘ting. Vaqtida davolansangiz, homiladorlik vaqti turli holatlardan himoyalangan bo‘lasiz.

Diqqat! «Jinsiy salomatlik»ka oid shu kabi maqolalarni DNK.UZ saytida ham doimiy kuzatib borishingiz mumkin!

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close