Sonning tug‘ma chiqishi

Bu kasallik ko‘pincha bolalarda kuzatilib, son suyagining boshchasi chanoq suyagining chuqurchasidan chiqib ketishi bilan kuzatiladigan tug‘ma nuqsonga aytiladi. Bu nuqson chanoq suyagining chuqurchasi, son suyagining boshchasi, bo‘g‘im pardasi va bog‘lamlari hamda atrof to‘qimalardagi mushaklar faoliyati buzilishi bilan bog‘liq holda kechadi. Sonning tug‘ma chiqishi muayyan bir hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, iqlim va milliy an’analarga borib taqaladi. Osiyo va Afrika davlatlarida ayollar bolasini siqib yo‘rgaklab qo‘ymasdan oyoqlari orasini yozgan holda orqasiga yoki yoniga ko‘tarib yurishadi. Bu esa chanoq-son bo‘g‘imi yaxshi rivojlanishi uchun sharoit tug‘diradi. Chaqaloqni siqib yo‘rgaklash odat tusiga kirgan ayrim davlatlar, masalan, Gruziyada bu ko‘rsatkich har 1000 nafar chaqaloqning 9 nafariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina hollarda sonning bir tomonlama chiqishi kuzatilib, bu nuqson o‘g‘il bolalarga qaraganda qizlarda 5 barobar ko‘p uchraydi. Bu kasallik ba’zan avloddan avlodga o‘tishi ham mumkin.
Xo‘sh, kasallikda qanday klinik belgilar kuzatiladi, bu haqda har bir kishi bilib qo‘ysa, yomon bo‘lmasdi. Bir qancha belgilar borki, ularni uy sharoitida ota-onalar o‘zlari ham tekshirib ko‘rishlari mumkin.Birinchi belgi. Bolani chalqanchasiga yotqizib, soni bilan boldirini to‘g‘ri burchak ostida bukib, yon tomonga tortganda, chiqib ketgan son suyagi boshchasining o‘rniga tushishini bildiruvchi qirsillagan ovoz eshitiladi. Buni bola hayotining ilk oylarida aniqlash mumkin.
Ikkinchi belgi. Sog‘lom bolaning soni yon tomonga 90 gradusgacha tanadan uzoqlashishi mumkin. Sonning tug‘ma chiqishida esa buning imkoni yo‘q.
Uchinchi belgi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning sonlaridagi burmalar simmetrik, ya’ni bir to‘g‘ri chiziqda bo‘lishi kerak. Bu xastalikda bular bir to‘g‘ri chiziqda joylashmaydi.
To‘rtinchi belgi. Son suyagi chiqqan tomondagi oyoq sog‘lom tomondagiga qaraganda kalta bo‘ladi. Buni santimetrlik tasma bilan qiyosiy o‘lchash mumkin.
Beshinchi belgi. Son suyagi chiqqan tomondagi oyoq sog‘lom oyoqqa nisbatan tashqariga qaragan bo‘ladi.Ota-onalar farzandlarida ana shu belgilarni sezsalar, aslo befarq va loqayd bo‘lmay, shoshilinch ravishda mutaxassisga murojaat qilishlari kerak. Agar bu holatga bee’tibor bo‘lishsa, bola kech harakatlanadi, dastlabki qadamlarini 1,5-2 yoshida qo‘yishi mumkin. Soni chiqqan bola oqsoqlanadi, ikki tomonlama son chiqishida esa «o‘rdak»simon yurish kuzatiladi. Buning ta’sirida umurtqa pog‘onasi ham o‘zgaradi, kasal oyoq tashqariga buralgan bo‘ladi. Shuni esda tutish kerakki, kasallikni davolashda vaqt birlamchi o‘rin egallaydi. Shifokorga qanchalik kech murojaat qilinsa, davolash shunchalik og‘ir va asoratli kechadi. Agar bola hayotining ilk oylarida davolash boshlansa, 100 foiz ijobiy natijaga, birinchi olti oyda boshlansa, 70 foizni, bir yoshligida boshlansa, tuzalish 40 foizni tashkil qiladi. Demak, qanchalik erta harakat qilinsa, dardni davolash shunchalik oson kechadi.

Avitsenna.uz saytida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

 

 

12 комментариев

  1. Assalomu alaykum farzandim 5 oyligida uning oyog’ini ortopedga kursatganimda rentgenga tuwiwni tafsiya etdi rentgen natijasi buyicha og’lizda golovka yug’akan deyiwdi va masaj elektrofarez parafen va dorilar yoziwdi man Qashqadaryodanman hamma ortopedlardan maslahat oldik faqat 1ta ortoped shina taqiw wart dedi qolganlari wina wartmas dedi biz unga stremena kiygizdik savolim bunday holatda wina taqiw wartmi va golovka bola necha oyligidan paydo buladi? Bolamni oyog’ida chiqiw yuq ochiliwi yaxwi, oyog’i O — simon. Hozir 2kurs masaj olib buldik. Bolani har necha oyda rentgen qilsa buladi? Maslahat va tavsiyalaringizni kutib qolaman iltimos kengroq tuwuncha bering

    • Golovka aseptik nekroz tufayli yo’qolib ketadi. Nekroz bo’lgach qayta tiklanmaydi.
      Son-chanoqda chiqish yo’q bo’lishi mumkin emas, bu holatda. Bu bemorning
      rentgenini ko’rish kerak, chunki ikki xil fikr keltirilyabdi.
      Har 6 oyda rentgen qilish mumkin, faqat zarurat bo’lganda. Maslahatim Bolalar ordopediga uchrang.

      Javob muallifi travmatolog-ortoped Sherzod Turdiyev.

  2. Аноним

    Salom. Qizimni oyog’ida 7 oyligida tug’ma chiqish aniqlandi. Hozir 1.5 yoshda oyog’i tuzalgan. Kelajakda qizimga nimalar tavsiya etiladiyu nimalar etilmaydi.

  3. Salom qizim 1 yowga tuldi biz uni oyogi tugma ciqiw borligini bildik endi kec emasmi

  4. Аноним

    Assalom hurmatli doktor. Mening qizim sonlarning ikki tomonlama tugma chiqishi bilan tugilgan.Unga bir yarim yoshda gips quyilib keyin shina quyishgan edi.ikki yarim yoshida yurishni boshlagan.biz uni doimo ortoped kurigida davolab bordik.Lekin u 9 yoshga tulganida operatsiya qilmasak bulmaydi keyinchalik oyoqlari joyidan chiqib ikki tomonga oqsay bashlaydi deyishdi.Biz kursatmagan ortoped qolmadi.Toshkentgacha borib kursatdik.Oxiri operatsiya qildirdik.Hozir qizim 14 yoshda.Keyingi vaqtlarda oyog ogrigidan shikoyat qilyapti.Operatsiya urni da ogriq bor.Xullas sizga savolim quyidagicha. Operatsiyadan keyin ham oyoqlari chiqishi mumkinmi? Nega ogriq paydo buldi.Bu tabiiymi yoki biror yomon dalolatmi? Iltimos javobingizni kutib qolamiz.

    • Og’riqlar yuzaga kelishiga operatsiyaning asoratlari sabab bo’layotgan bo’lishi mumkin. Oyoqlar chiqishi mumkinmi, degan savolingizga javob sifatida shuni aytishim mumkinki, juda qaltis harakatlar bo’lmasa bu holat yuzaga kelmaydi, lekin bu o’rinda vrachning amaliyotiga ham nazar tashlashimiz lozim. Bunday operatsiyalar murakkab turdagilardan emas, shuning uchun bunda vrachlar xatoliklari ham juda kam uchraydi. Ya’na shunga ahamiyat berishingizni so’rardimki, qizingiz o’smir yoshida ekan. Bu yoshda bilasiz jinsiy a’zolarda o’zgarishlar yuzaga keladi. Balki, shu ta’sirlar ham og’riq hissini yuzaga keltirayotgandir. Bu ham bir ehtimollik.
      To’liq ma’lumot olish uchun davolovchi vrachning ko’rigiga qizingizni olib boring. Imkon qadar kechiktirmay. Salomat bo’ling!

  5. Mening savolim quyidagicha meni 2.5 yoshligimda tugma chiqishdan operatsiya qiliwgan lekin baribir bir oyogimda nuqson bor va shu oyogim ikkinchisiga qaraganda kalta va ozg’in hozir 21 yowdaman bu yildan yilga kuproq sezilyapti buni qayta operatsiya qilib davolashni iloji bormi ona bulishimga tusqinligichi? Javobizni kutib qolaman rahmat

  6. Assalomu aleykum doktor men 30 yoshdaman son suyagi tugma chiqishi bilan tugilganman hozirda hech qanday bezovtalik yoq lekin chap oyogim 4santimetrga kaltaroq shuni endoprotez ornatish yoli bilan o’ngi bilan Barbara ilishni iloji yoqmi

  7. Assalom aleykum hurmatli doctor. Mening1-qiz farzandim (4oylik) bolalar ortoped korigidan otkazgandik oyoq sonning chiziqlari symmetrik emas, doctor sonning tugma chiqiwi deb tashhis qoydi va oyoglarni kerib turuvchi shinalardan foydalanishni tavsiya etdi. Menig savolim bu muomoni ozgina yengilroq yol bilan hal qlsa boladimi. Masalan massajlar bilanmi?
    Javobingiz uchun raxmat

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*