Sog‘liqni saqlash vazirini taniysizmi?

Hamkor saytlarimizdan biri bo‘lmish, Tafsilot.uz nashri “Vaziringizni taniysizmi” loyihasini ko‘pdan buyon amalga oshirib kelmoqda. Bugungi loyiha sonida, nashr O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tarjimai holi, bosib o‘tgan yo‘li, faoliyati bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Shu maqolani, Avitsenna.uz nashri sizga ham taqdim etishga qaror qildi. Demak tanishing,  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri.

a_v_alimov

Alimov Anvar Valiyevich

1955 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1978 yili O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti pediatriya fakultetini muvofaqqiyatli bitirgan, mutaxassisligi bolalar anesteziolog-reanimatologi.

1978—1980–yillari O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi klinik ordinatori.

1980—1982–yillari O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi katta laboranti.

1981 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvofaqqiyatli ximoya qilib tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajaga ega bo‘ldi.

1982—1987–yillari O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi assistenti.

1987—1993–yillari Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti assistenti, dotsenti, o‘quv-uslubiy markazining boshlig‘i, pediatriya fakulteti dekani.

1993—1994–yillari Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

1994 yili doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilib, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajaga ega bo‘ldi.

1994—1999–yillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fan, ta’lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati konsultanti, yetakchi konsultanti.

1999—2009–yillari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori.

2009—2012–yillari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.

2012 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri.

Tibbiyot fanlari doktori, professor.

* * *

Qabul kuni: haftaning payshanba kuni soat 16.00 dan 18.00 gacha

Telefon:+998 (71) 239-48-08

Faks:+998 (71) 244-10-33

Elektron pochta: info@minzdrav.uz

Veb-sayt: www.minzdrav.uz

Manzil: Toshkent shahri, 100011, Shayxontahur tumani, Navoiy ko‘chasi, 12

ssv_xarita

*       *       *

Majburiyatlari, vazifalari, huquqlari:

Vazirlik va unga qarashli muassasalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari va korxonalar faoliyatini tashkillashtirish va ularga umumiy rahbarlik qilish;

Vazirlik hay’atining faoliyatini boshqaradi;

Vazirlik ishini rejalashtirish va uning bajarilishi ustidan nazoratni olib boradi;

o‘z vakolati doirasida buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi hamda o‘ziga qarashli barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek sog‘liqni saqlashning hududiy organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi;

Vazirlik tasarrufiga kiritilgan masalalar bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

Vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Vazir o‘rinbosarlari va Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasini va shtat jadvalini, Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlikka qarashli muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;

Vazirlik markaziy apparati xodimlarini va Vazirlikka qarashli muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini belgilangan nomenklaturaga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarini, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bosh vrachini, shuningdek viloyatlar tibbiy tashxis markazlari, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarini tegishli hudud hokimining tavsiyasiga ko‘ra lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

Vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilaydi;

alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va mukofotlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega.

Vazirlikning rasmiy veb-sayti www.minzdrav.uz va ssv.uz

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

Yuklanmoqda...

1 ta savol

  1. Men 2-guruh nogironiman Toshkenda qayerda zamonaviy oyoq pratezlari buyurtma qilsa boladi. Bir oyogim baxtsiz xodisa tufayli tizzadan pastidan kesib tashlangan. JavobJavob uchun oldindan raxmat

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*