El sog‘ligi — yurt boyligi

Soch parvarishi: erkaklar uchun tavsiyalar

Boshimizda 100 ming dona atrofida soch tolasi bor. Shundan kuniga 50-100 ta to‘kilishi me’yoriy holat hisoblanadi. Bundan ortiq to‘kila boshlasa, chora ko‘rishga kirishing!

Odatda erkaklar sochlari haqida ayollar kabi qayg‘urishmaydi. E’tiborsizlikning oqibati esa og‘ir bo‘lishi mumkin. Vaholanki, oddiygina qoidalar bilan soch umrini uzaytirsa bo‘ladi. Soch parvarishini deyarli har kuni amalga oshirish lozim: sochni yuvish, tarash va quritish.

To‘g‘ri tanlang

Shampun va balzam sochingiz turiga mos bo‘lsin. Agar bu borada ikkilansangiz, sartarosh bilan maslahatlashing.

Yuvish

Tana kabi sochga ham tozalik kerak. Yog‘li sochni har 2-3 kunda, quruq sochni esa har 5-6 kunda yuvish lozim. Suv juda issiq bo‘lmasin.

Yaxshilab tarang

Sochni har kuni tarab turing. Bu bosh terisida qon aylanashini yaxshilashga va yog‘ bezlari sekretining sochlar bo‘ylab teng tarqalashiga yordam beradi. Sochni ildizidan uchiga qarab tarash kerak. Ho‘l sochni ehtiyotkorlik bilan tarang.

Quritish

Yog‘li va normal sochlarni fen bilan, quriqlarini sochiq bilan quritgan ma’qul.

Muntazam kaltalating

Sochni muntazam ravishda kaltalatib turish nafaqat tashqi ko‘rinish uchun, balki sochning sog‘lomligi uchun ham kerak. Har uch-to‘rt haftada sartaroshga borib turishni unutmang.

Bosh terisiga e’tibor

Bosh terisidagi har qanday o‘zgarishlar, jumladan, qichishish, yallig‘lanish, kepak yoki sho‘ralashishga bee’tibor bo‘lmang. Sochning holati salomatligingiz aksi ekanligini ham unutmang. Soch to‘kilishi, seboreya paydo bo‘lishi yoki boshqa biror salbiy o‘zgarish kuzatilishi bilan shifokor (dematolog)ga murojaat qiling.

Bosh kiyim

Sochlaringizni qishda qaharaton sovuqdan, yozda esa jazirama sovuqdan bosh kiyim bilan asrang.

© Tib.uz nashri

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Tohir

    assalomu alaykum!
    Meni oyog’im terlaydi. Shu sababdan bir nicha marta har xil balnitsada teri dispansirlariga ko’rindim. Lekin foydasi bo’lmadi. Hamma doktorlar asab tizimi yoki boshqa sabab bor diyishmoqda. Shu kasalllik bo’yicha kimga uchrashib, qanaqa analizlar topshirsam bo’ladi.
    oldindan rahmat.

  2. azamjon

    Sochimga kepak kopayib ketadi nina qilish kerak

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *