El sog‘ligi — yurt boyligi

Sistit — jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?

Sistit infeksion xastalik emas. U jinsiy yaqinlik vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaydi. Ayrimholatlarda  jinsiy aloqadan keyin kasallikning xuruj qilishi nozik a’zolar mikroflorasining buzulishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni jinsiy a’zoda rivojlangan bakteriyalar aloqa vaqtida siydik yo‘liga, tushib sistit kasalligini keltirib chiqaradi.

sistit

Bundan tashqari ayol immun tizimining sustligi, siydik yo‘llarining shamollashi, shaxsiy gigiyenaga amal qilmaslik ham sistitga olib kelishi mumkin. O‘zbilarmonlik bilan turli dori vositalarini qabul qilish yoki oxirigacha davolanmaslik kasallikning qaytalash ehtimolini oshiradi.

Sistit bilan og‘rigan ayollarni kasallik vaqtida turmush o‘rtog‘imga ham yuqishi mumkinmi degan savol o‘ylantiradi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, erkaklar kamdan kam holatlarda  sistitga chalinishadi. Bunga esa asosan surunkali prostatit xastaligining zo‘rayishi sabab bo‘ladi.

Kasallik vaqtida jinsiy aloqada bo‘lish tavsiya etilmaydi.  Bunday yaqinlikdan keyin siydik qopiga tushayotgan bosim kuchayadi va bemorning holati yomonlashishi kuzatiladi. Hatto davolanishning eng so‘nggi bosqichlarida ham kasallik qaytalashi kuzatilgan.

Surunkali sistitga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash darkor. Bundan tashqari, davolash kursini o‘tagandan keyin ayol o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lsa, uni qayta qo‘zg‘atuvchi stresslarga yo‘l qo‘ymasa, bakteriyalarning oldini olish uchun doimiy ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib borsa, kasallik xuruji ancha kamayadi, butunlay tuzalib ketish ehtimoli ham yuqori.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Arslonbek

    Jinsiy azom borgan sari kattalashib kemoqda uyalyapman Nina qilish zarur

  2. Arslonbek

    Mansur aka bollada jinsiy organ normada necha santimetr bolishi kere

  3. Zarnigor

    Sistit bulganimda belimga va qovuqqa kuchli ogriq beradi bu nimadan va davosi qanday???

  4. yulduz

    salom mani judayam siygim keladi lekin ozgina siyaman siygandan keyinham qovoqim tiqilb ogriydi yana siydik bordek tuyulAdi nima uchun iltimos ayting

  5. Nigora

    Xozirda xomiladorman 9 xaftalik lekin belimda va qovug’imda og’riqlar bor. Qizg’ich rangda suv yoki suyuqlik kelyapti. Siydik kelishi ba’zida tez tez bazida kunda ikki marta. Jinsiy a’zoda xam sal achishish bor. Utt tekshiruvi xomila tushish xafvi yo’qligini, muammo siydik qopchasida ligini aytdi. Genikologla tayinli gap aytishmayapti. Xomila xisobiga deb qo’ya qolishyapti. Bu sistit bo’lishi mumkinmi va nima qilsam bo’ladi. Qandaydir damlamalarmi bormi. Iltimos yordam bering

  6. malika

    Sistit xomiladorlikni birinchi belgilaridan biri bolishi mumkinmi???

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *