Sil yuqishidan saqlanish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Kasallikning rivojlanishi organizmning immuniteti, ya’ni kasallikka qarshi kurashuvchanligiga bog‘liq.

Sil bakteriyalarini yuqtirgan odamlarning barchasida ham kasallik rivojlanmaydi. OITS xastaligida, giyohvandlik, kashandalik, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, vaqtida dam olmaslik, me’yorida ovqatlanmaslik natijasida insonning kasallikka qarshi kurashuvchanlik xususiyatlari susayadi va sil kasalligi rivojlanishiga qulay sharoit tug‘iladi.

Sil yuqishidan saqlanish

Silga chalingan bemor bilan bir umr birga yashaganda ham bu kasallik yuqmagan holatlar ko‘p uchraydi. Bunda organizmni kuchli immunitet asrab qoladi. Immunitet kuchli bo‘lishi uchun esa sport bilan shug‘ullanish, servitamin ovqatlar iste’mol qilish lozim.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bemor bilan bir umr birga yashaganda ham sil yuqmasligi mumkin. Buning uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, organizm immunitetining tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kitob varaqlaganda va pul sanaganda esa barmoqni «yalash» aslo noto‘g‘ri. Aks holda, nafaqat sil, balki boshqa yuqumli kasalliklar ham yuqmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Qolaversa, bunday mashg‘ulotlardan keyin qo‘lni yaxshilab sovunlab yuvish tavsiya etiladi.

Tibbiyot sohasi rivoji yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgan bugungi kunda respublikamizda boshqa epidemiologik xastaliklar bilan bir qatorda sil profilaktikasi, uni o‘z vaqtida tashxislash hamda davolashga katta e’tibor qaratilayotir. Ftiziatr shifokorlar bu xastalikni davolashda Gippokrat qasamyodiga sodiq holda mas’uliyat bilan faoliyat ko‘rsatishi, bemorlar esa ularning shartlariga amal qilishi zarur.

Maqola sizga yoqdimi? Unday bo‘lsa, baholang!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close