Sholg‘omning shifobaxshligi

Sholg‘om xalq orasida qadimdan qator kasalliklarga davo sifatida qo‘llanib kelinadi. Sholg‘omdan xalq tibbiyotida o‘pka nafas yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni davolashda, harorat xuruj qilganda, yurak betoqatligida foydalanilgan. Uning qaynatib pishirilgani, shuningdek sharbat qaynatmasi nafas qisish, ko‘ksov hastaligiga qarshi davo sifatida tavsiya etiladi. Sholg‘omning quruq yoki orasiga sarig‘ bilan asal solib, qo‘rda yoki qasqonda pishirilgani ko‘krakni yumshatadi. Uy sharoitida sholg‘omdan quyidagicha dorivor tayyorlash mumkin: ikki osh qoshiq miqdorida maydalangan sholg‘om bir stakan(200 gramm) qaynoq suvga solinib, 15 minut davomida qaynatiladi.

Yuqoridagi kasalliklarga qarshi davo sifatida chorak stakan ichib turiladi yoki bir stakan qaynatmani uyqudan oldin iste’mol qilinishi lozim bo‘ladi.

Sholg‘omning qaynatib pishirilganini ezilgan holda podagra xastaligi natijasida ozor topgan joylarga bosib qo‘yish dardga davo bo‘ladi. Qaynatma suvi bilan og‘iz g‘arg‘ara etiladigan bo‘lsa, tomoq og‘rig‘I, shunigdek tishlarning lo‘qqillab og‘rishiga tasalli beradi.

Ilmiy tibbiyotda tekshirilishicha, sholg‘om tarkibida mavjud bo‘lgan glyukoza pishirlishi jarayonida xantal moyiga aylanadi. Xantal moyi o‘z navbatida ishtaha ochib, asabni tinchlantiradi.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*