El sog‘ligi — yurt boyligi

O‘zbekiston shifokorlar futbol terma jamoasi AQSh doktorlarini mag‘lub etdi

Avstriyada futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oldi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Unda o‘zbekistonlik shifokorlar ham ishtirok etayotgan bo‘lib, ular “A” guruhida Braziliya, AQSh va mezbon Avstriyaga raqib bo‘lgandi.

futbol

Musobaqadagi debyut o‘yinida o‘zbekistonlik shifokorlar amerikalik hamkasblari bilan maydonga chiqib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Mezbon Avstriya esa braziliyalik doktorlar bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Bugun — 10-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da O‘zbekiston terma jamoasi Avstriyaga qarshi saf tortadi.

Leogang shahrida o‘tayotgan Morell Cup’da O‘zbekiston terma jamoasiga “Bunyodkor” klubida faoliyat yurituvchi Sergey Chigodayev murabbiylik qilmoqda.

© Chempionat.asia

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.