El sog‘ligi — yurt boyligi

Shaftoli — dorivor meva

Dunyoda shaftolining yuzdan ziyod navi o‘sadi. Mevasidan qayta ishlangan holda qoqi, sharbat, shira, murabbo tayyorlanadi.
Mevasi tarkibida asosan, suv bo‘lsa-da, boshqa moddalar ham ko‘p. Jumladan, qand, pektin, saxaroza, organik kislota (limon va olma)lar, A, E, C, B1, B2, B6  singari darmondorilar, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor kabi ma’danlarni saqlaydi.
Shaftoli mevasi qayt qilishni to‘xtatuvchi, taom hazmini yaxshilovchi, tanani zararli moddalardan tozalovchi omil vazifasini bajaradi.

shaftoli

Shaftoli urug‘idan moy ham olinadi. Yuz teri ajinlarining oldini olishda, yuz terisini oziqlantiruvchi vosita sifatida yaxshi naf keltiradi. Shaftoli moyi bosh og‘rig‘ida, o‘tkir va surunkali o‘rta quloq shamollashida davo bo‘ladi. Tarkibida kaliy moddasi ko‘p bo‘lgani bois yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalingan bemorlarga parhez sifatida tavsiya etiladi.

Eslatma: Shaftoli mevasini qand kasalligiga chalingan kishilar iste’mol qilmagani ma’qul. Chunki meva tarkibida qand miqdori ko‘p.

Ma’lumot: Shaftolining bargidan olingan suv quloqqa tomizilsa, qurtlarni o‘ldiradi, uning yog‘i bosh og‘rig‘i, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi. Pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ishtahani ochish xususiyatiga ega. Ammo shaftolini ovqat ustidan yeyish tavsiya etilmaydi. Pishgan shaftoli ichni yumshatadi, xomi esa qotiradi.

 

Quyidagi o‘simliklarning ham shifobaxshlik xususiyatlari bilan tanishishing:

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.