4.5
(4)

«Nimaga nuqul ozish haqida yozaverasizlar? Menga o‘xshab semirolmay yurganlar qancha? Axir hamma ayollar ham semiz emasku». Tahririyatimizga bo‘lgan ushbu qo‘ng‘iroqdan keyin o‘ylab ko‘rib, vazn to‘plashni xohlovchilar ham oramizda bisyor ekanligiga va ularga tavsiyalarimiz kamligiga iqror bo‘ldik. Bu masala yuzasidan, «Darakchi.uz» nashri jurnalisti Kamola diyetolog Dmitriy Vdovinning maslahatlari asosida maqola tayyorladi. Ushbu maqolani quyida o’qishingiz mumkin.

Ozg‘inlikning sababi nima?

Semirishni istayman!

Buni qarangki, vazn etishmasli ham huddi ortiqcha vazn singari bir qancha sabablarga ega ekan. Ayollarda bu holat nasliy omil, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal o‘zgarishlar va turli kasalliklar tufayli paydo bo‘ladi. Ko‘pgina ayollarda ovqat hazm qilish tizimi juda faol ishlagani sababli ozuqaviy moddalar organizmga singishga ulgurmaydi. Gormonlar sababli ozib ketganlar muammoni endokrinolog bilan bartaraf etgani ma’qul. Shuningdek, ovqat hazm qilish tizimidagi xastaliklar, gastrit, oshqozon yallig‘lanishi ham moddalar tanaga singmasligiga olib keladi.

Yog‘mi yoki oqsil

Aksariyat ozg‘in ayollarning xatosi shundaki, ular semirish ilinjida ko‘p ovqat tanovul qilishga va ko‘proq yotib dam olishga harakat qilishadi. Yoki to‘yib ketsa ham ovqat eyaveradi. Aslida, oshqozonga haddan ortiq egulik tushganda, ovqat hazm qilish jarayoni buziladi. Bu esa o‘z navbatida moddalar almashinuvini izdan chiqarib, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ayollarga bunday usulda vazn yig‘ish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, oqsilga boy mahsulotlar: mol go‘shti, tovuq go‘shti, sut va sut mahsulotlaridan kerakli miqdorda tanovul qilish bilan mushaklar og‘irligiga erishish mumkin. Ana shundagina to‘g‘ri vazn to‘plangan bo‘ladi.

Ochlik bilan semirtirish

Mashhur diyetolog, bir qancha sog‘lomlashtirish markazlari asoschisi Bob Shvars semirishni istagidagi ayollarni ochlik asosidagi parhezga mahkum qilib ko‘rdi. Bundan ular yanada ozib ketishadiku, deb o‘ylashga shoshmang. Ikki hafta davomida ochlikdan aziyat chekkan xonimlar keyingi ikki haftada ko‘proq va kalloriyaliroq taomlarni iste’mol qila boshlashdi. Ikki oy davom etgan bunday «ajoyib» usuldan keyin o‘sha ayollarni yog‘ bosib, «Qanday ozsam ekan» deb yana diyetologga murojaat qilishdi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qorin tifi - ich terlama kasalligi belgilari, tashxislash va davolash

Jismoniy mashqlar ozdirmaydi?

Bir turdagi mashqlardan ham ozib, ham semirib bo‘lmaydi. Vazn tashlashda raqs, aerobika, sheyping yordam bersa, og‘ir atletika, tosh ko‘tarish kabi sport turlari bilan shug‘ullanish natijasida semirish mumkin. Chunki gantellar yordamida bajarilgan mashqlar mushaklarni chiniqtirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari o‘zingiz istagan tana qismiga ko‘proq «ishlov berish» imkoniyati mavjud. Ko‘pgina diyetologlar mashqlar bilan bir qatorda oqsilli kokteyllarni ham tavsiya etishadi. Bu bilan kutilgan natijaga tezroq erishish mumkin. Faqat kokteyl yoki mushaklarni o‘stiruvchi dorilarning miqdori individual ravishda diyetolog-shifokor tomonidan belgilanishi lozim.

Avval davolaning, keyin to‘lishasiz!

Ayollar vazn to‘plash uchun atayin mashq zaliga borib shug‘ullanishsa ham o‘zi istagan natijaga erisholmaydi. Urinishlari zoe ketganidan tashqari, charchoq, haddan ortiq og‘riqlar tufayli xafsalasi pir bo‘ladi. Diyetologlar esa bunday vaziyatda terapevt shifokorga murojaat qilishni tavsiya etishadi. Chunki, aksariyat hollarda ayollardagi anemiya, hayz siklining buzilishi oqibatidagi yoki bavosir sabab qon ketishi mushaklarga kislorod etib kelishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida mushaklarning rivojlanishini sekinlashtiradi. Shu sababdan ular avval davolanib, so‘ng mashq bajarishga kirishganlari maqsadga muvofiq.