Semirishni istaysizmi

Saytimizning bugungi mavzusi sifatida aynan shu mavzuni, ya’ni samarali hamda zararsiz semirish qoidalari mavzusini tanladik. Keling, semirish to‘g‘risida bir suhbatlashsak.

Ozg‘inlik, asosan, tanamiz mushaklaridagi oqsil massasining kamayishi hisobiga kelib chiqadigan holatdir. Tanamiz sarflayotgan energiyaning o‘rnini iste’mol qilayotgan ozuqamiz parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya to‘ldira olmasa, enerergiya a’zolarning to‘qima va hujayralar tarkibidagi zahira uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Agar, bu ham energiya sarfini to‘ldira olmasa, tanamizdagi yog‘ hamda oqsillar ham energiya hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. O‘z — o‘zidan ma’lumki, bunday holatda odamda ozish, holsizlanish holati yuzaga keladi.

Tanamizga energiya yetishmasdan u zarur energiyani hujayralarning yog‘ va oqsillari parchalanishidan olsa, organizmda juda katta salbiy o‘zgarishlarga olib keladi:

  • Muskul faoliyati buziladi;
  • Holsizlik;
  • Hazm tizimi faoliyati buzilishi oqibatida ovqatning hazm bo‘lmasligi;
  • Asabiylik;
  • Buyraklarning osilib qolishi;
  • Ixtiyorsiz qaltirashlar;
  • Nafas olishning qiyinlashuvi; (Faqat semizlikda emas, ozg‘inlikda ham kuzatiladi)
  • Qon bosimining noturg‘unligi. Asosan, gipotoniya holatda bo‘lishi ( Qon bosimi past ) ;
  • Yuqumli kasalliklarga chalinuvchanlik. Bu holat, immunitetning sustlashuvi bilan baholanadi.
  • Jinsiy zaiflik ( Tez bo‘shalish, tez charchash, jinsiy a’zolarning to‘liq taranglashmasligi ) ;
  • Sochlarning erta to‘kilishi;
  • Ayollar siynasidagi nomutanosib farqlar;
  • Uzoq vaqt peshob hamda najas saqlay olmaslik;
  • Uyqusizlik yoki ortiqcha uyqu holati yuzaga keladi.

Bu holatlarning barchasi sizda kuzatilmayapdimi? Demak, tanangiz energiya olishning oxirgi manbalariga hali o‘tmagan. Ya’ni, yog‘ va oqsillarning parchalanishi boshlanmagan.

Agar, odam bolalaikdan ozg‘in bo‘lsa, bu holar xavfli emas. Ammo, nimadir sabab bo‘lib tezda, oyiga 3-4 kgdan ozish hayot uchun xavfli. Hamda yuqorida sanab o‘tgan belgilar aynan tezlik bilan ozayotgan odamlarda kuzatiladi.

“Ozg‘inlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?” – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Lekin, sababini sanaydigan bo‘lsak sanoq anchaga cho‘ziladi. Shuning uchun sizga eng asosiy sabablarini aytsam. Boshqa sabablari esa asosiy sabablar oqibatida yuzaga keladi.

  1. Hazm tizimidagi turli o‘zgarishlar.

Oshqozon-ichak tizimidagi turli yallig‘lanishlar (gastrit, enterit), ichaklar harakatining sustlashuvi, hazm bezlari ( jigar, oshqozonosti bezi ) faoliyatining buzilishi, o‘t suyuqligi tarkibining o‘zgarishi, oshqozon-ichak devorlarida turli to‘siqlarning hosil bo‘lishi ovqatning to‘la hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Va organizm hujayralardagi qo‘shimcha moddalardan foydalanishiga olib keladi.

  1. Gelmentlarning (parazit chuvalchanglar) aktiv faoliyati.

Bu holatni hamma bilsa kerak. Parazitlar siz iste’mol qilgan ozuqadan foydalanib o‘z hayotini olib boradi. Bu esa tanamiz uchun zarur bo‘lgan moddalarning hujayralarga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfi avval aytganimizdek, hujayradagi yog‘, oqsil parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya orqali qoplanadi.

Ozg‘inmisiz?! Unda yuqorida aytib o‘tgan muammolarni yo‘qoting! Keyin semirish harakatini boshlang!

Biz sizga jahon standartlariga mos, diyetologlar tavsiya etayotgan samarali semirish taomnomasini ham tuzib beramiz. Lekin, yuqoridagi muammolarni bartaraf etmasdan sifatli, ko‘p mahsulot yesangiz ham befoyda. U tanangizga “yuqmaydi”. Faqatgina, ko‘p va sifatli mahsulotlar bilan parazitlarni semirtirishingiz mumkin!

Bu muammolarni qanday bartaraf etaman deyayapsizmi? Juda oson, gastroenterolog huzuriga boring. U birinchi sababni bartaraf etadi. Agar, muammo hazm tizimidagi o‘zgarishlardan bo‘lmasa, gelmentolog qabuliga boring. Gelmentolog esa sizni “yemirayotgan” parazitlardan ozod qiladi!

Endigi maslahatlarni yuqoridagi muammolarni bartaf qilganingizdan so‘ng bajarishingizni tavsiya etamiz!

Kun tartibi.

  1. Kun taribini rejali asosda olib boring. Kuniga 2,5-3 soat farq bilan 5-6 marta ovqatlanish zarur. Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi muhim ahamiyatda ega.
  2. Kun tartibi tarkibiga me’yoriy uyqu (kattalar uchun 7-8 soat ), toza havoda sayr hamda jismoniy mashqlarni kiritish asosiy omillardan hisoblanadi.
  3. Ko‘p uxlash va jismoniy mehnat qilmaslik semirishga hech qanday foyda bermaydi!

Semirish taomnomasi.

Barcha biologik-tibbiy taomnomalar diyetologlar tavsiya etgan piramida asosida shakllantiriladi.

  • Piramida asosi: Donli va xamir mahsulotlari tashkil etadi. Non va non mahsulotlari, mosh, no‘xot, loviya kunlik ovqatning asosini tashkil etish kerak. Bunda ular tarkibidagi ko‘p miqdordagi uglevod va oqsillar organizmning energiyaga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga hujayralarda zahira holda ham to‘planadi. Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, non va non mahsulotlarning oliy navlisi tavsiya etilmaydi.
  • Piramidaning ikkinchi qavati: Sabzavot va mevalar tashkil etadi. Sabzavot va mevalarning imkon qadar shirin turlarini iste’mol qilish zarur. Masalan, olma, shaftoli, anor, uzum, qizil lavlagi uglevodlarga ancha boy. Bu mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida iste’mol qilish kerak. Ya’ni, o‘zingizda oz bo‘lsada ochlikni his qildingizmi, shirin mevalardan birini tanovul qilishingiz mumkin.
  • Piramidaning uchinchi qavati: Sut va sut mahsulotlari, tuxum va go‘sht tashkil etadi. Semirishni istovchilarning ertalabki nonushtasida, albatta, sutli mahsulot bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin ham sut yoki qatiq iste’mol qilish mumkin. Go‘shtning yog‘siz turlarini qabul qilish kerak. Bunga parranda va quyon go‘shtlari misol bo‘ladi.
  • Piramida uchi: Qandolat mahsulotlari tashkil etadi. Vazn yig‘nashni istovchilar bu mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishgani ma’qul. Sababi, ular tarkibidagi yog‘ tibbiy jihatdan sifatsiz hisoblanadi. Yoki, tort va pishiriqlarga tvarog ishlatib iste’mol qilish mumkin. Bunda tvarogning yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lishi tavsiya etiladi.
  • Qo‘shimcha mahsulotlar: quruq mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida bemalol iste’mol qilish mumkin. Masalan, yong‘oq, bodom, pista, turshak, mayizlarni kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Taomnomani piramida shaklida tavsiya qilishimizdan maqsad, tarkibidagi ozuqalar miqdori piramidaning asosidan uchiga tomon kamayib borishi kerakligidir.

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

loading...

47 комментариев

  1. Menda aniq parazitla bor bezovta qiladi qanday dori yoqotado

  2. -nonushtadan yarim soat oldin yarim piyola obdishga yarim choy qoshiq asal eritib ichish ishtahani yaxshilashi va gelmentlar haydash hususiyati borligini uqigandim va bu homiladorlikda tavsiya qilinmaydi,
    — vaqtida meyorida ovqatlanish va taomlanishda qalampir chesnok, kuk piyozlarni tanavvul qilib yurish ularga qarshi bir yul.

  3. Salom.
    Men 23 yoshdaman, yosh vaqtimda Semizcha to‘lacha bola bo‘lganman. Adashmasam 14 yoshimda qizamiq kasalligi bilan 21 kun davomida berob bo‘lib yotganman. 21 kun davomida umuman ovqatlanmaganman, Faqatgina amor suvini ichar edim. Tuzalganimdan so‘ng oynaga qarasam ozg‘inlashganimni sezdim. Bu menga yoqdi. Ammo meni bo‘yim uzun va shu uchun ham unchalik ozg‘in bo‘lmasam ham ozg‘in ko‘rinaman. Xullas o‘shandan beri semira olamayman. Bo‘ydorman Gavdalik emasman. Xa yana bir gap studentlik vaqtimda nonushta qilmas edim. Abetni ham vaqrida qilish imkoni bo‘lmasdi. Nonishta qilmaslik odatim hozir ham bor. Menga nimani maslahat berasiz?

  4. Бобур
    Салом менинг йошим 24 ёшда тахминан
    17 ешларимда туларок гавдам узимга йарашиб
    турарр еди кейинчалик секин секин озиб
    овкатланиб булиб ошкозонимнинг устги кисмида
    ачишиш купинча кекриш кориннинг таранглашиб
    киндивасотисмида огрик кузатила боопшлади
    кейин терапиф врачига куринганимда шундай
    ташхиз куйди сизда аскоредос леамлёз срункалин
    мавжуд деб 3 ой даволашини айтди ва мен айтган
    леченяларини хаммасини килдим лекин уша ески
    холатлар менда кузатиляпди менга нима маслахат
    берасиз

  5. Qanday qilib semirsam bo’ladi

  6. Salom mening ismim Shamshod yoshim 19 da tengdoshlarim qaraganda juda ozginman sizlar aytgan parazit qurtlarim bor bolishi mumkin ularni qanday yoqotsam boladi nazarimda shu narsa tufayli ozimda ozginlik paydo bolgandir lekin oldin ham semiz bolmaganman lekin oldinga qaragan juda yana ozib ketganman qanday dori tfsiya etasizlar oldinda rahmat

  7. Aminokislotalarning inson sog`ligiga qanday ta`siri bor?

  8. Kashalarning qanday zararli tomonlari bor???

  9. Аноним

    Men yoshim 22da 7 yoshimdan beri ozg’inman maslaxat bering

  10. Salom meni qanday semirish qiynayapti 25 yoshga kirdim xaliyam ozginman retabalin xam oldim faqat 2ta oldim xar 20 kunda foydasi bulmagandi olmay quydim piratayin xami istimol qildim likin uniyam foydasi bulmagandi nima qilsam buladi javop berasizlarm

    • Qon tarkibini tahlil qilish lozim. Anemiya aniqlansa avvan uni davolash kerak. Ichak qurtlaridan tabiiy giyohlar xalos etadi. Yuqorida yozib o’tilganidek ovqat hazm qilish organlari faoliyatini tekshirish lozim. Qalqonsimon bezni ham tekshirtirishni unutmang. Nuqson bo’lsa davolating.
      Hammasi yaxshi holga kelgach jismoniy harakat va mashqlarni ko’paytiring. Yuqoridagi ovqatlanish ratsioniga amal qiling. Yog’li narsalardan qoching, ko’kat va sabzavotlar, mevalarni ko’proq yeng.
      Eng muhimi ovqatlanish davomida choy, kofe, kola, pepsi kabilar umuman mumkin emas. 1-2 stakan qaynatilgan suvga ruhsat beriladi. Choy yoki kofe iste’moli ovqatdan bir soat oldin to’xtatilishi va ovqatdan ikki soatdan so’ng davom ettirilishi maqsadga muvofiq.

  11. Salom 3kun hech narsa emay yurish kerakmi 1xaftami tushunmadim

  12. Salom man soramoqchi boganim xozir trenajorni zallarda xar xil tableykalar sotilvotdi shulardan aminoks 2222 borakan shu sogliqga zararmasmi

  13. Salom alekum. Manda havo bulutli bòlishi bilan yurak sanchishi, chap qòl va chap oyoq oģrishi, qon bosim pasayishi kuzatiladi. Undan tashqari yaxshi ovqatlanaman faqat rejimda emas ammo nisbatan ozģin bòlib semirish qiyin lekin gijjam yòq uyquga ketishim qiyin uyqudan turishim ham qiyin. Bu qanaqa kasalliklar. Shular haqida ma’lumotlar berilar iltimos

  14. Salom 21 yoshdaman men Alben xam istemol qilganman lekin foydasi bumagan

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*