El sog‘ligi — yurt boyligi

Semirishni istaysizmi?

Saytimizning bugungi mavzusi sifatida aynan shu mavzuni, ya’ni samarali hamda zararsiz semirish qoidalari mavzusini tanladik. Keling, semirish to‘g‘risida bir suhbatlashsak.

Tugruqxona

Semirishni istaysizmi?

Ozg‘inlik, asosan, tanamiz mushaklaridagi oqsil massasining kamayishi hisobiga kelib chiqadigan holatdir. Tanamiz sarflayotgan energiyaning o‘rnini iste’mol qilayotgan ozuqamiz parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya to‘ldira olmasa, enerergiya a’zolarning to‘qima va hujayralar tarkibidagi zahira uglevodlar hisobiga hosil bo‘ladi. Agar, bu ham energiya sarfini to‘ldira olmasa, tanamizdagi yog‘ hamda oqsillar ham energiya hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. O‘z — o‘zidan ma’lumki, bunday holatda odamda ozish, holsizlanish holati yuzaga keladi.

Tanamizga energiya yetishmasdan u zarur energiyani hujayralarning yog‘ va oqsillari parchalanishidan olsa, organizmda juda katta salbiy o‘zgarishlarga olib keladi:

  • Muskul faoliyati buziladi;
  • Holsizlik;
  • Hazm tizimi faoliyati buzilishi oqibatida ovqatning hazm bo‘lmasligi;
  • Asabiylik;
  • Buyraklarning osilib qolishi;
  • Ixtiyorsiz qaltirashlar;
  • Nafas olishning qiyinlashuvi; (Faqat semizlikda emas, ozg‘inlikda ham kuzatiladi)
  • Qon bosimining noturg‘unligi. Asosan, gipotoniya holatda bo‘lishi ( Qon bosimi past ) ;
  • Yuqumli kasalliklarga chalinuvchanlik. Bu holat, immunitetning sustlashuvi bilan baholanadi.
  • Jinsiy zaiflik ( Tez bo‘shalish, tez charchash, jinsiy a’zolarning to‘liq taranglashmasligi ) ;
  • Sochlarning erta to‘kilishi;
  • Ayollar siynasidagi nomutanosib farqlar;
  • Uzoq vaqt peshob hamda najas saqlay olmaslik;
  • Uyqusizlik yoki ortiqcha uyqu holati yuzaga keladi.

Bu holatlarning barchasi sizda kuzatilmayapdimi? Demak, tanangiz energiya olishning oxirgi manbalariga hali o‘tmagan. Ya’ni, yog‘ va oqsillarning parchalanishi boshlanmagan.

Agar, odam bolalaikdan ozg‘in bo‘lsa, bu holar xavfli emas. Ammo, nimadir sabab bo‘lib tezda, oyiga 3-4 kgdan ozish hayot uchun xavfli. Hamda yuqorida sanab o‘tgan belgilar aynan tezlik bilan ozayotgan odamlarda kuzatiladi.

“Ozg‘inlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?” – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Lekin, sababini sanaydigan bo‘lsak sanoq anchaga cho‘ziladi. Shuning uchun sizga eng asosiy sabablarini aytsam. Boshqa sabablari esa asosiy sabablar oqibatida yuzaga keladi.

  • Hazm tizimidagi turli o‘zgarishlar

Oshqozon-ichak tizimidagi turli yallig‘lanishlar (gastrit, enterit), ichaklar harakatining sustlashuvi, hazm bezlari ( jigar, oshqozonosti bezi ) faoliyatining buzilishi, o‘t suyuqligi tarkibining o‘zgarishi, oshqozon-ichak devorlarida turli to‘siqlarning hosil bo‘lishi ovqatning to‘la hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Va organizm hujayralardagi qo‘shimcha moddalardan foydalanishiga olib keladi.

  • Gelmentlarning (parazit chuvalchanglar) aktiv faoliyati

Bu holatni hamma bilsa kerak. Parazitlar siz iste’mol qilgan ozuqadan foydalanib o‘z hayotini olib boradi. Bu esa tanamiz uchun zarur bo‘lgan moddalarning hujayralarga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfi avval aytganimizdek, hujayradagi yog‘, oqsil parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya orqali qoplanadi.

Ozg‘inmisiz?! Unda yuqorida aytib o‘tgan muammolarni yo‘qoting! Keyin semirish harakatini boshlang!

Biz sizga jahon standartlariga mos, diyetologlar tavsiya etayotgan samarali semirish taomnomasini ham tuzib beramiz. Lekin, yuqoridagi muammolarni bartaraf etmasdan sifatli, ko‘p mahsulot yesangiz ham befoyda. U tanangizga “yuqmaydi”. Faqatgina, ko‘p va sifatli mahsulotlar bilan parazitlarni semirtirishingiz mumkin!

Bu muammolarni qanday bartaraf etaman deyayapsizmi? Juda oson, gastroenterolog huzuriga boring. U birinchi sababni bartaraf etadi. Agar, muammo hazm tizimidagi o‘zgarishlardan bo‘lmasa, gelmentolog qabuliga boring. Gelmentolog esa sizni “yemirayotgan” parazitlardan ozod qiladi!

Endigi maslahatlarni yuqoridagi muammolarni bartaf qilganingizdan so‘ng bajarishingizni tavsiya etamiz!

Kun tartibi

  1. Kun taribini rejali asosda olib boring. Kuniga 2,5-3 soat farq bilan 5-6 marta ovqatlanish zarur. Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi muhim ahamiyatda ega.
  2. Kun tartibi tarkibiga me’yoriy uyqu (kattalar uchun 7-8 soat ), toza havoda sayr hamda jismoniy mashqlarni kiritish asosiy omillardan hisoblanadi.
  3. Ko‘p uxlash va jismoniy mehnat qilmaslik semirishga hech qanday foyda bermaydi!

Semirish taomnomasi

Barcha biologik-tibbiy taomnomalar diyetologlar tavsiya etgan piramida asosida shakllantiriladi.

  • Piramida asosi: Donli va xamir mahsulotlari tashkil etadi. Non va non mahsulotlari, mosh, no‘xot, loviya kunlik ovqatning asosini tashkil etish kerak. Bunda ular tarkibidagi ko‘p miqdordagi uglevod va oqsillar organizmning energiyaga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga hujayralarda zahira holda ham to‘planadi. Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, non va non mahsulotlarning oliy navlisi tavsiya etilmaydi.
  • Piramidaning ikkinchi qavati: Sabzavot va mevalar tashkil etadi. Sabzavot va mevalarning imkon qadar shirin turlarini iste’mol qilish zarur. Masalan, olma, shaftoli, anor, uzum, qizil lavlagi uglevodlarga ancha boy. Bu mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida iste’mol qilish kerak. Ya’ni, o‘zingizda oz bo‘lsada ochlikni his qildingizmi, shirin mevalardan birini tanovul qilishingiz mumkin.
  • Piramidaning uchinchi qavati: Sut va sut mahsulotlari, tuxum va go‘sht tashkil etadi. Semirishni istovchilarning ertalabki nonushtasida, albatta, sutli mahsulot bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin ham sut yoki qatiq iste’mol qilish mumkin. Go‘shtning yog‘siz turlarini qabul qilish kerak. Bunga parranda va quyon go‘shtlari misol bo‘ladi.
  • Piramida uchi: Qandolat mahsulotlari tashkil etadi. Vazn yig‘nashni istovchilar bu mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishgani ma’qul. Sababi, ular tarkibidagi yog‘ tibbiy jihatdan sifatsiz hisoblanadi. Yoki, tort va pishiriqlarga tvarog ishlatib iste’mol qilish mumkin. Bunda tvarogning yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lishi tavsiya etiladi.
  • Qo‘shimcha mahsulotlar: quruq mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida bemalol iste’mol qilish mumkin. Masalan, yong‘oq, bodom, pista, turshak, mayizlarni kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Taomnomani piramida shaklida tavsiya qilishimizdan maqsad, tarkibidagi ozuqalar miqdori piramidaning asosidan uchiga tomon kamayib borishi kerakligidir.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Savollar

  1. Abdulaziz

    salom mening ismim abdulaziz yoshim 20mada boyim 1.68cm 6 oy icda 4-5cm osish mumkinmi iloji bolsa yordam besangiz oldindan katta rahmat

  2. Mukhammad

    Tamaki mahsulotini chekish ham insonni ozishiga olib keladimi

  3. javlon

    menda huddi yuqoridagi holatlar tanamga energiya yetishmaydi

  4. abror

    Kasallik yo vazn 75 kg zalga ciqaman semirmoqciman infezol 40 osam qanaqa boladi vazn beradimi

  5. xudoberdi

    Tamaki chekish ham ozg’inlikka sabab bo’ladimi?

  6. Abdulaziz

    Salom. Yoshim 16 da mani qonim judayam suyuq va kamligi tufayli manga bir do’stim Gemotagen dgan shkolatni tavsiya qildi. Buning foydasi bormi?

  7. mirjon

    Qanday qilib semirish mumkin

  8. Mamur

    Semirtradigan ikollarni zarari bormi???

  9. Mamur

    Garmon
    Retobalil

    • Urazbaev Mansur

      Retabalil osteoparoz, juda ozib ketish(!) ya’ni koxeksiya, turli jarrohlik amaliyotlaridan keyin kuzatiladigan oqsil almashinuvi buzilishida, diabetik retinopatiya, glomerulonefrit kabi kasalliklarda ishlatildi.

      Afsuski, bizda biroz ozg’in bo’lgan, lekin sog’lom o’smirlar tomonidan ishlatilish holatlari ham kuzatiladi. Ozg’inlik bilan koxeksiya (juda ozib ketish) o’rtasida juda katta farq bor. Koxeksiya kasallik, ozg’inlik kasallik emas. U ma’lum davrlarda o’zgarib turadi!
      (Koxeksiyaga uchragan odamlar qanday ko’rinishda bo’lishini bilish uchun Google’dan Koxeksiya so’zini qidirib, suratlarni tomosha qilish kerak.)

      Endi so’raganingizdek, preparatning nojo’ya ta’sirlari haqida aytadigan bo’lsak, erkaklarda oligospermiya, o’smir bolaning jinsiy jihatdan tez yetilish (Bu juda katta xavf!), ko’kraklarning ayollar tuzilishidaek bo’lib qolishi (ginekomastiya), moyaklarning normal funksiyasida o’zgarishlar kuzatiladi.
      Ayollarda esa hayz sikli buzilishi, soch to’kilishi, ovoz tonlari buzilishi (qo’pollashishi) tuxumdonlar funksiyasida o’zgarishlar kuzatiladi.

      Shuning uchun ham bu va bu kabi preparatlarni mustaqil qo’llash mumkin emas. Faqatgina shifokor bilan maslahatlashgan holatda tegishli ko’rsatmalar bo’lsagina qo’llash kerak.

      Agar sog’lom semirishni istasangiz bu yo’ldan bormang!

      (Savolingiz va javob ATF.uz saytida qayta chop etiladi. Savolingiz uchun rahmat.)

  10. Zokir

    Assalomu alaykum yaxwimisz xalq xizmatlari bn carcamayapszmi ..?
    Bita maslahatiz kere bovotudi. Tosh kotarsh sportiga qatnawvotudm wunga muskulla yanayam croyliro waklda bolshga vazn kamli qvotti ozģinli qvomman wunga tez qisqa muddata vazn owrir un nma maslahat berolasz. Oldindan rahmat javob un.

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.