Yurakdagi kista haqida

Savol — javobMavzu: KardiologiyaYurakdagi kista haqida
0 +1 -1
Fayozbek 5 месяцев oldin so‘radi

19 yoshli qizimning yurak sohasida og‘riq kuzatila boshladi. Qizimni shifokor ko‘rigiga olib bordim. Tekshiruvlardan so‘ng qizimning yuragida kista borligini aytishdi. Men yurakda kista bo‘lishi haqida birinchi marta eshitib turibman. Shu haqda ma’lumot berishingizni so‘rayman

1 ta javob
0 +1 -1
Inoyat SHIRANOV 5 месяцев oldin javob berdi

Yurakda kista bo‘lishi mumkin emas. Yurak shunday a’zoki, u to‘xtovsiz ishlab turadi. Kista jigarda, buyrakda, bachadon yoki tuxumdonlarda bo‘lishi mumkin. Bu bemorga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan. Ushbu bemorga kardiolog nazoratida to‘liq tekshiruvdan o‘tganidan so‘nggina aniq tashxis qo‘yish mumkin.

Your Answer