Yurak aritmiyasi

Savol — javobMavzu: KardiologiyaYurak aritmiyasi
0 +1 -1
Yulduz 29 yosh 6 месяцев oldin so‘radi

Menda yurak aritmiyasi borligini aniqlashdi.  Bu kasallik nima sababdan paydo bo‘ladi?
Javob uchun rahmat

Yuklanmoqda...

1 ta javob
0 +1 -1
Jabborova Lola Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Sog‘lom odamda jismoniy va ruhiy tinchlik paytida yurak qisqarishi chastotasi daqiqasiga 60-90 tani tashkil qiladi. Bunda qisqarishlar oralig‘i deyarli doimiy bo‘lgani uchun kishi buni sezmaydi.
Aritmiya deganda, yurakning tinch holatda kuzatiladigan meyoriy chastotasi va doimiy qisqarishining buzilishi tushuniladi. Aritmiyada qon miyaga yetib bormaydi, so‘ng tomoqqa bir narsa tiqilib qolgandek tuyuladi.
Sog‘lom odamda ham aritmiya kuzatiladi. Masalan, ortiqcha ovqat yeyish, qabziyat, tor kiyim kiyish, hasharot chaqishi, ba’zi dori vositalari va stress tufayli ham vaqtinchalik aritmiya kelib chiqishi mumkin. Kasallik bemorning yoshi, kasbi va asabiga ham bog‘liq. Aritmiya — yurak mushagi faoliyati buzilishining birinchi alomatidir. Agar bu holat vaqtida davolanilmasa, keyinchalik yurakda jiddiy asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Ozgina qunt qilinsa, bu dard bartaraf etiladi. Aritmiyaga yo‘liqqan bemor, albatta, shifokor-kardiolog nazoratida davolanishi lozim.

Your Answer