Tuya suti va gepatit C

Savol — javobMavzu: DiyetologiyaTuya suti va gepatit C
0 +1 -1
Посетитель сайта 6 месяцев oldin so‘radi

Salom. Tuya sutini gepatit C da qo‘llasa bo‘ladimi? Alt, ast, billuribinlari normada, UTT ham yaxshi, faqat qonida bo‘lsa kerak. Ularni salbiy o‘zgarishiga olib kelmaydimi. Shu sut orqali tuzalib ketishi ham mumkinmi? Tuberkulyoz kasalligi  yuqmaydimi. Xom sutdan.
Shu haqida ayta olasizmi. Javobingiz uchunn rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Bu haqda saytimiz xodimlarida ma’lumot, afsuski, mavjud emas.
Hozircha bu sohada mutaxassislarimiz ham yo‘q. Lekin sizga ba’zi ma’lumotlarni beramiz, o‘zingiz o‘qib chiqishingiz mumkin.  Ma’lumotlar tib.islom.uz saytidan olindi.

Tuya suti tarkibiy qismlari

Tuya suti ishqorli hisoblanadi, ammo u juda qisqa vaqt ichida tezda achib qolishi mumkin. Uning ta’mi juda shirin yoki sho‘r bo‘lishi mumkin. Uning tarkibida protein komponentlari (4% dan 25% gacha), qattiq moddalar (10-15%), yog‘lar (sog‘ishning boshida – 2-3%), shakar moddalari, xususan laktoza (3-6%), xlorid natriy (14-27%), hamda temir, kalsiy, fosfor kabi minerallar va B2 va C vitaminlari mavjud.

Tuya sutidan davo sifatida foydalanish usullari

Tuya sutini davo sifatida ishlatish usullari haqida gapirishdan oldin, keling, avvalambor aziz kitobxonlarimizga badaviylarning bu qimmatbaho ne’matga bo‘lgan munosabatlari haqida biroz ma’lumot beraylik. Badaviylar dunyo xalqlari orasida tuya sutidan eng ko‘p foydalanadigan kishilar hisoblanadi. Ularda «tuya suti kiradi, ammo unga kirib bo‘lmaydi» degan naql bor. Buning ma’nosi shuki, tuya suti bo‘lgan joyda boshqa oziq-ovqatlarga hojat yo‘q. Badaviylarda tuya suti haqida bir maqol bor: “Tuya suti chanqog‘ni bosib, ochlikni ketkazadi”. Bundan tashqari ular bu sutni “ochlikni qondiradi, tashnalikni sindiradi va tanani ozuqa bilan ta’minlaydi” deb sifatlaydilar, chunki tuya suti suv va boshqa barcha oziq-ovqatlar o‘rnini bosa oladi. Har qachon ular sutni birovga uzatsalar, ular “sutni ich va o‘zingni xavfdan saqlab ol” deb aytishadi. Arablar tuya sutidan ko‘pgina dardlarga davo sifatida foydalanishgan, masalan, chechak kasalligi, yaralar, tish og‘riqlari, ovqat hazm qilish tizimi xastaliklariga qarshi. Tuya sutidan hatto turli xil zaharlarga qarshi vosita sifatida ham foydalanishgan. Davolanish uchun eng yaxshi sut – bu yangi tuqqan tuyaning 40 kun davomida keladigan sutidir; bunda sut oppoq, xushbo‘y, xushta’m, biroz shirin va o‘rtacha suyuqlikda bo‘lishi maqul; yaxshi joylarda o‘tlagan va yaxshi suvlarni ichgan mutanosib tuzilishga ega tuya suti bo‘lsa ham juda yaxshidir. Yuqorida xadisi shariflarda tuya sutining ba’zi bir kasalliklarni davolashdagi ahamiyati haqida gapirib o‘tgan edik. Arablar “Tuya suti — dardlarga darmon” deb aytishadi. Tuya suti qonni yangilanishiga yaxshigina yordam beradi, quruq badanlarga rutubat baxsh etadi,  vos-vos, g‘am-anduh va ruhiy zarbalardan forig‘ etadi. Agar uni asal bilan birga ichsa, u ichki yaralarni yiringli elementlardan tozalaydi. Agar unga shakar qo‘shib ichilsa, u teri rangini ochadi va terini tozalaydi. Tuya suti ko‘krak kasalliklari, xususan zotiljamga qarshi yaxshi davo hisoblanadi. Sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarga ham u yaxshi foyda qiladi. Tuya suti haqida Ar-Rozi shunday deydi: “Yangi tuqqan tuyaning suti buyrak xastaliklarini davolaydi va yomon kayfiyatdan xalos etadi”. Ibn Sino o‘zining “Al-Qonun” kitobida: “Darhaqiqatki, urg‘ochi tuyalarning suti foydali darmondur, chunki unda ravshanlik va o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Bu sut juda foydali bo‘lib, agarda kishi uni ozuqa va suv o‘rnida iste’mol qilsa, u shifo topg‘usidur. Buni arab mamlakatiga kelgan bir guruh odamlar o‘zlarida sinab ko‘rganlar: ular arab yerlariga kelib qolganida zaruriyat ularni shunday qilishga majbur etdi va shunday qilib ular davo topishdi”. Tuya sutidan davo sifatida foydalangan bemor yolg‘iz tuya sutini tushlikka tanovul qilishi maqul va shundan so‘ng dam olishi lozim. Yangi sog‘ilgan tuya suti ovqat hazm qilish tizimini tozalovchi eng zo‘r vosita va eng yaxshi surgi dori hisoblanadi.

Oshqozoni og‘rigan bir kishi haqidagi hayotda haqiqattan sodir bo‘lgan voqea: Bir kishining oshqozoni og‘rib, u ko‘pgina  shifokor va kasalxonalarga murojaat etibdi, ammo dardiga davo topmabdi. Natijada uning dardi og‘irlashib, u hatto yura olmaydigan darajagacha etibdi. Kasalining og‘irlashib borayotganligini ko‘rgan bemor qarindoshidan uni cho‘lda istiqomat qilguvchi qarib qolgan buvisini o‘limidan oldin ko‘rib kelishiga yordam berishini so‘rabdi. Qarindoshi uning aytganini qilibdi. Buvisi bemorni ko‘rganida uning bu ahvolidan juda achinibdi. Ammo qari kampir tuya suti – ko‘pgina dardlarga darmon ekanligini aniq bilar edi. U bemor uchun sog‘ligi mustahkam, dorivorli giyohlarni yegan urg‘ochi tuyaning sutidan sog‘adi va akasining o‘g‘liga uyidan 50 metr narida bemor uchun chodir tayyorlab, bemorni o‘sha joyga olib borishini iltimos qiladi. Bu kishi qari kampirning aytganini qiladi, chodir tayyorlab, bemorni o‘sha yerda joylashtiradi va kampir sog‘ib bergan sutni bemorga ichtiradi. Sutni ichgandan so‘ng bir necha soat o‘tib bemor qornida g‘ayritabiiy harakatlarni  va chidab bo‘lmaydigan og‘riqlarni seza boshlaydi. Shundan so‘ng juda qattiq ichi ketib, ichidan g‘alati bir parchalar chiqqanini ko‘radi… Biroz vaqtdan so‘ng buvisi yana tuya suti sog‘ib bemorga ichishga beradi. Avvalgi holat yana takrorlanib, bemorning yana ichi ketadi. Uchinchi martasiga buvisi bemorga qatiq bo‘lgan tuya sutini ichishga beradi. Bu dafar ich ketishi to‘xtab, og‘riqlar yo‘qoladi va u o‘zini yengil his qilib, och qolganini sezadi, chunki bungacha u bir necha kun davomida ishtahasi bo‘lmaganligi bois hech nima tanovul qilmagan bo‘ladi. Buvisi unga kulda, ya’ni ko‘mir va kul ichida non pishirib, uni rohatbaxsh sho‘rva bilan bemorga uzatadi. Bularni yeb bemor o‘zini salomat va xotirjam his qila boshlaydi. Bemor buvisinikida to‘liq sog‘aygunicha yashab turadi va so‘ng uyiga, o‘zining avvalgi hayot tarziga, o‘zining ishlariga sog‘lom, baquvvat bo‘lib qaytadi, holbuki bundan oldin u yashashdan umidini to‘la uzgan bo‘ladi.

Tuya suti va siydigi yordamida virusli gepatit B kasalligini davolash tartibi

Bir kurs davolanish – 3 bosqichdan iborat:
1- bosqich
— sut (1l)
— siydik (500ml)
— ezilgan qora sedana (to‘liq 3 osh qoshiq qora sedana talqoni).

2 hafta davomida bir ichganda 100 gr qabul qilinadi.
Sutkasiga 2 marta – ertalab va kechqurun;
Ertalab och qorinda ichiladi va shundan so‘ng 2 soat davomida hech nima tanovul qilmaslik lozim (hatto suv).

Kechqurun och qoringa uxlashdan oldin ichiladi.

2 — bosqich

(tarkibiy qismlar yuqorida ko‘rsatilganidek)
Aralashma 7 kun davomida, sutkasiga 3 marotaba ichiladi (och qoringa, ichgandan so‘ng 2 soat davomida biron narsa yeyish va ichish taqiqlanadi)

3 — bosqich
— sut
— asal
— qora sedana talqoni
10 kun davomida sutkasiga 2 marotaba ichiladi + meva va sabzovotli parhez;
har kuni yangi siqilgan sabzi va olma sharbati ichish lozim.

Agar kasallik “yosh” (ya’ni kasallik boshlanishiga bir yildan ortiq  bo‘lmagan) bo‘lsa, unda bemor tezda, 1-2 kurs davomida sog‘ayishi mumkin, inshaAlloh.

Sut+siydik aralashmasini 2 hafta sovutgichda (xolodilnikda) saqlash mumkin, chunki siydik kuchli bakteritsid (bakteriyalarni o‘ldiradigan) xususiyatga ega, ammo sut+asal aralashmasini  3 kundan ortiq sovutgichda saqlab bo‘lmaydi, chunki u tez achiydi, shuning uchun qolgan qismini muzlatib qo‘yish maqul.

Diqqat, e’tiboringizni quyidagi muhim holatga qarataman: 1-chi va 2-bosqichlar davomida bemor siydigi ko‘kimtir rangda va juda yoqimsiz hidli bo‘lishi mumkin. Bu organizmda tozalanish va qayta tiklanish jarayoni ketayotganligidan dalolat beradi.

Maqolani quyidagi havolada to‘liq o‘qishingiz mumkin: O‘qish

Tuya suti haqida Avitsenna.uz saytidagi infografika

Tuya suti haqida Avitsenna.uz saytidagi infografika

Ma’lumot uchun Avitsenna.uz saytidagi quyidagi maqolani ham o‘qishingiz mumkin: «Tuya suti«

Internetdan ma’lumot izlash davomida Tuya.uz saytiga duch keldim. Sayt xodimlari tuya sutini sotish bilan shug‘ullanishar ekan. Istasangiz quyidagi raqamlar orqali Tuya.uz sayti mutaxassislari bilan bog‘lanishingiz mumkin:

(+998 90) 992 42 44
(+998 97) 992 42 44
(+998 74) 741 11 11

Your Answer