Teri ko‘chishi

Savol — javobMavzu: DermatologiyaTeri ko‘chishi
0 +1 -1
Anomin 23 yosh 5 месяцев oldin so‘radi

Qo‘l barmoqlarim terisi vaqti – vaqti o‘zgarib turadi. O‘z – o‘zidan qichishish paydo bo‘lib, bir necha soat ichida qurib, ko‘cha boshlaydi.  Bu nimadan bo‘lishi mumkin?

1 ta javob
0 +1 -1
Obidova Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Avvalo qo‘l terisidagi bezovtalik kunning qaysi qismida boshlanayotganini kuzatish kerak. Bu shifokor ko‘rigida asqotishi mumkin. Qo‘l terisidagi qichishish va teri ko‘chishi bilan nomoyon bo‘layotgan muammoning sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Xususan, A va E vitaminlar taqchilligi, allergiya, stress, uzoq muddat qabul qilingan dori preparatlariga sezuvchanlik, kimyoviy moddalarga ta’sirchanlik, dermatit, terining zamburug‘li kasalliklari, infeksion xastaliklar kabi. Ana shu holatlardan kelib chiqib, bezovtalik xarakterini tushunish mumkin. Mutaxassis ayrim tahlil namunalarini o‘tkazib, shunga ko‘ra muolaja usulini tavsiya etadi.

Your Answer