Teri kasalligi

Savol — javobMavzu: DermatologiyaTeri kasalligi
1 +1 -1
jasur,1998 5 месяцев oldin so‘radi

Mening yoshim 18da. Mana 1yil bo‘ldi qo‘limning terisi, asosan, qish va kuz faslida kamroq qolganlarida esa ko‘p po‘st tashlaydi va ko‘p qo‘limga suv olib ishlatsam (ya’ni yuvungan kunlarim kechalari) qichishadi. Bu qanday kasallik va davosini aytsangiz. Rahmat.

Yuklanmoqda...

3 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Qo‘l terisidagi qichishish va teri ko‘chishi bilan nomoyon bo‘layotgan muammoning sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Xususan, A va E vitaminlar taqchilligi, allergiya, stress, uzoq muddat qabul qilingan dori preparatlariga sezuvchanlik, kimyoviy moddalarga ta’sirchanlik, dermatit, terining zamburug‘li kasalliklari, infeksion xastaliklar kabi.
 
Buning aniq sababini aniqlash uchun tegishli tahlillarni topshirish kerak. Va shunga mos ravishda dermatolog muolajalarni tavsiya etadi.

0 +1 -1
ERGASH 4 месяца oldin javob berdi

Asalom aleykum men xojayli shaxridan bita savolim bor mening terimda suv yigiladigan doq paydo boldi 1 oydan beri ketmayapti doxtirga korindim foydasi bolmadi bir erida yoqolsa boshqa joydanchiqyapti tunlari qichib bezovta qilayapti iltimos maslaxat bering

0 +1 -1
Zuxriddin 2 месяца oldin javob berdi

Assalomu aleykum menda bir kasallik 6 yildan beri qiynab kelmoqda, Bilmadim bu kasallik qayerdan yuqdi, balki o’qish davrimizda paxtaga borganimizda suvsizlikdan kanallardan suv ichganimgami bilmadim.
Kasallagim belgilari shundaki har doim issiqlab terlaganimda yoki hammomga kirganimda tanam uzra qichinaman qichinganimdan keyin qichingan joylari qizarib donacha bo’lib shishib qoladi hech davosini topolmayapman Dimuch klinikasiga borib qon topshirganimda qonimda zamburug’lar borligi aniqlandi vrachga ko’rindim futis tabletkasini ichdim jami bo’lib 5-6 marta davolandim foydasi bo’lmadi. 
Uylanganimdan so’ng hotinimga yuqdi hozirda qiz farzandim 8 oylik unga ham yuqgan shekilli badanlari qizarib qolyapdi
Iltimos yordam berilar Umailimga ham yozvoring

Your Answer