Sog‘alni qanday yo‘qotsam bo‘ladi

Savol — javobMavzu: XirurgiyaSog‘alni qanday yo‘qotsam bo‘ladi
2 ta javob
0 +1 -1
Xasanxon Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

QOVUQDAGI OG‘RIQDAN XALOS BO‘LISH UCHUN
— Echki yog‘ini qovug‘i bo‘sh bolaning qovug‘iga surtilsa, foyda beradi.
— Petrushkaning urug‘i, no‘xat, asal iste’mol qilib turish ham qovuqni mustahkamlaydi va og‘riqlarning oldini oladi.
SO‘GALNI YO‘QOTISH…
— Xurmo sharbatiga ilon po‘sti kukunini aralashtirib so‘gal ustiga qo‘yilsa, 2-3 kunda so‘gal qurib tushib ketadi.
— Lavlagi bargidan siqib olingan suv ham so‘galni quritadi.
— Sarimsoqpiyozni pishirib, so‘gal chiqqan joylarga qo‘ysangiz, undan qutulasiz.
— Anjir sutini o‘simlik yog‘i bilan aralashtirib so‘gal ustiga bog‘lansa, so‘galni quritib tushiradi.
JIGAR OG‘RIG‘IGA QARSHI
— Oshqovoq sariq kasalligi bilan xastalanganlarning haroratini pasaytiradi va jigar faoliyatini yaxshilaydi.
— Sedanadan yetti dona olib maydalab, ona sutiga biror soat ivitib, undan burunga tomizilsa, sariq kasalligiga shifo bo‘ladi.
— Makkajo‘xori pishgan paytida popugi ajratib quritiladi. Ushbu popuklar olti oy davomida choy kabi damlab ichilsa, jigardagi dardlardan forig‘ bo‘lishga yordam beradi.
— Ravoch ildizini olib mayda kesib, quritib, xavonchada yanchib shisha idishda saqlang. Agar jigarda kamquvvatlikni sezsangiz, undan yeb turing, foydasini ko‘rasiz.
KO‘Z KASALLIKLARIDA…
— Loviyani havonchada yanchib, surma kabi ko‘zga surtsangiz, kiprikning ichga o‘sishini yo‘qotadi.
— Loviya asal bilan aralashtirilib ko‘zga bog‘lansa, ko‘z tomirchalarining qizarishi va shishini yo‘qotadi.
— Sunbula (ferula)ni qaynatib suvi bilan yuvilsa, ko‘zdagi qizillik yo‘qoladi.
— Lola suvi ko‘zga tomizilsa, og‘riq va yarani tuzatadi.
— Ko‘zning yallig‘lanishiga qarshi hamda zararsizlantiruvchi beozor omil sifatida bo‘tako‘z gullari asosida tayyorlanadigan damlamalardan foydalanish mumkin. Buning uchun 1-2 choy qoshiq miqdordagi bo‘tako‘z gullari yarim choynak (200 gr.) qaynoq suv bilan 1 soat davomida (birorta mato bilan o‘ralgan holda) damlanadi-da, ko‘zga malham sifatida foydalaniladi.
 

0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

DIQQAT!
Ba’zi noqulayliklar uchun uzr so’raymiz!
Texnik sabablarga ko’ra savollarga berilgan javoblar o’rni almashib ketgan.
 
Qadimdan kattalar bolalarga “Baqaga yaqinlashma, so‘gal yuqadi” yoki “Uy hayvonlariga suv sepma, so‘gal chiqadi”, deyishardi. Shu sababli ham kimningdir qo‘lida yoki badanida so‘galni ko‘rganimizda “Baqani ushlagan bo‘lsa kerak yoki it va mushukka suv sepgandir”, degan fikrga borilardi. Yuqoridagi gaplar qadimgilardan qolgan ogohlantirish bo‘lsada, fan bu fikrni tasdiqlamaydi. Buni qarangki, fanda inson tanasidagi so‘galga baqaning umuman aloqasi yo‘q ekani aytiladi.

Bu virus
Aslida so‘galni virus paydo qiladi. U virus sifatida odamdan odamga yuqadi. Uning virusi tanadagi ko‘zga ko‘rinmas jarohatlarga tushib qo‘l berib ko‘rishish, bitta idishdan ovqatlanish, suv ichish, suv havzalarida cho‘milish oqibatida yuqadi.

Suvni yaxshi ko‘radi
Tibbiyotda turli toshmalarning suvni xush ko‘rishi va suv tekkan tanada avj olib ko‘payib ketishi bilan bog‘liq ma’lumotlar bor. So‘gal ham ana shunday toshmalar sinfiga kiradi. U suvni yaxshi ko‘radi va tananing ko‘p suv tegadigan qismlarida, asosan qo‘l va oyoq sohasida ko‘p toshadi. Fanda so‘galning yuqumli ekani aytiladi, biroq uning kelib chiqish sabablari, samarali davolash borasida hanuz aniq davo chorasi topilmagan.

So‘galning paydo bo‘lishi haqidagi taxminlar
Aslida uning paydo bo‘lishi, umuman yuqishi borasida dunyo olimlarining turli taxminlari mavjud. Virus kuchsizlangan organizmga yuqadi, bu tabiiy. Shu qoidadan kelib chiqqan holda olimlarning ko‘pchiligi so‘gal virusi immun tizimi susayib ketgan insonlarda ko‘proq uchraydi degan fikrni aytishadi. Boshqalar esa doimiy ravishda suv bilan ishlaydiganlar, ayniqsa, tashqi muhitda, tabiatdagi suv bilan ko‘p aloqa qiladigan insonlarda so‘gal chiqishi holatlari uchraydi deyishadi. Olimlar ichida so‘gal chang va sanitariya gigiyenaga amal qilinmaydigan joylarda yashaydigan insonlar orasida ko‘proq paydo bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradiganlar ham talaygina.

So‘gal chiqqan insonlar nega uyalishadi?
So‘gal chiqishi sabablari juda ham ko‘p. Ko‘pchilik qo‘liga, oyog‘iga, kaftiga chiqqan so‘gallardan uyaladi. Chunki so‘gal chiqqan tana qismlari haqiqatdan ham biroz ko‘ngilsiz ko‘rinadi. Biroq bu ushbu virusdan aziyat chekuvchi insonning biror aybi borligini bildirmaydi! So‘gal har kimga, o‘ziga noma’lum sabablar tufayli chiqishi mumkin, shunday emasmi? Shu sababli ham ko‘cha-ko‘yda, yaqinlar va do‘stlarimiz orasida ana shunday virusdan aziyat chekayotgan insonlarni ko‘rganingizda yuzingizni burmang.

So‘gal 3 turga bo‘linadi
Fanda so‘galning 3 turi bor. Ular oddiy, yassi va uchli. Har bir so‘galni davolashning o‘z usuli bor.

Yassi so‘gal
Yassi so‘gal kulrang-sarg‘imtir rangda bo‘lib, tezda dag‘allashib ketadi. Qo‘l, oyoq, barmoqlar orasi, tirnoqlar chetida paydo bo‘ladi. Yuzda ham yuzaga kelishi mumkin. Bunga o‘zgalarning kosmetik vositalari (atir-upa, lab bo‘yog‘i yoki qalam)dan foydalanish sabab bo‘ladi. Eng og‘ir ko‘rinishi oyoq kaftida hosil bo‘ladi. U yurishga halal berib, og‘riydi. Oyoqda avvaliga qadoq paydo bo‘lib, bora-bora so‘galga aylanib ketishi mumkin.

Qirrali so‘gal
O‘tkir qirrali turi esa yorqin pushti rangda bo‘lib, chov qatlarida paydo bo‘ladi. Bunday so‘gal turida zudlik bilan shifokor-dermatologga murojaat qilib, davolash lozim.

So‘galni oldirish mumkinmi?
So‘gal aksariyat hollarda bolalar va o‘smirlar orasida ko‘p uchraydi. Ammo fanda buning sababi aniqlanmagan. U asosan bolaning qo‘li yoki yuzida paydo bo‘lib, och sariq rangda, teridan do‘ppayib chiqqan bo‘ladi va kichik o‘simtaga o‘xshaydi. Uni davolatmagan taqdirda “ona so‘gal” atrofida “bolachalari” paydo bo‘la boshlaydi. Shifokor “ona so‘gal”ni topib, olib tashlasa, “bolachalari” ham 2‑3 kunda yo‘qolib ketadi. Bu ham kasallikning sirli tomonlaridan biri hisoblanadi.

So‘galga tegavermang!
So‘galga tegaverish natijasida ham u ko‘payib ketadi. Momolar uni turli eskicha uslubda (ip bog‘lash, duo o‘qilgan kesakni so‘galga surtish kabi) “davolashadi”. Bu ba’zida yordam bersa, ba’zida so‘gallar yanada ko‘payib ketishiga olib keladi.

Qanday davolanadi?
Xalqda so‘galga tegmaslik kerak, degan fikr mavjud. Buning zamirida biroz bo‘lsa-da haqiqat bor. Chunki so‘gallarni mustaqil ravishda davolash bola salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin. Ko‘rinishidan oddiy ko‘ringan yassi so‘gallar xavfli xastalik – pigmentsiz melanoma (teri saratoni kasalligi)ga o‘xshaydi. Shuning uchun uni davolashdan oldin, albatta, mutaxassis shifokorga ko‘rsatish darkor. Muolajani esa o‘zboshimchalik bilan emas, maxsus davolash markazlarida, dermatokosmetolog nazorati ostida amalga oshirish kerak.

Olib tashlash uchun…
So‘gal asosan uch xil uslubda olib tashlanadi: elektrokoagulyatsiya, krioterapiya, lazer yordamida.

Elektrokoagulyatsiya. Qalin qalamni eslatuvchi asbob yordamida so‘gal elektr toki ta’siriga tutiladi. Muolaja og‘riqsiz va samarali bo‘ladi.

Krioterapiya. So‘gal suyuq azot bilan “kuydiriladi”. O‘rnida pufak paydo bo‘lib, so‘gal yo‘qoladi.

Lazer yordamida so‘gal 1-2 daqiqqada olib tashlanadi. Og‘riqsiz va samarali bo‘ladi.

Ehtiyot bo‘ling!
Ba’zi hollarda so‘galni anjir suvi, qoncho‘p (chistotel), sarimsoq piyoz sharbati yordamida yo‘qotishga harakat qilishadi. Bu muolajalar terida dog‘ yoki allergiya hosil bo‘lishiga olib keladi.

Oldini olish uchun…
So‘galning oldini olish uchun immunitetni ko‘tarib, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, shikastlangan terini muolaja qilish lozim. Oyoq kaftida so‘gal paydo bo‘lishining oldini olish uchun esa birovning poyabzalini kiymang. Oyoq kiyimingiz tor ham bo‘lmasin. Shuningdek, o‘zgalarning kosmetik vositalaridan ham foydalanmang. Tabiat qo‘ynidagi suv havzalariga qo‘l urishingizga to‘g‘ri kelsa, qo‘lingizni kir sovun yordamida yuvishni unutmang!

Diqqat!
So‘galni mustaqil ravishda turli kislotalar yordamida olib tashlashga harakat qilmang! Bu teri kuyishiga olib keladi. Unutmang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

Your Answer