Skolioz haqida

0 +1 -1
F M 5 месяцев oldin so‘radi

Assalomu alaykum, hurmatli sayt ijodkorlari. Sizlarga savolim bor edi, skolioz (bel qiyshaishi)ning davosi bormi? Bor bo‘lsa qanday davolasa bo‘ladi?

3 ta javob
1 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Skolioz kasalligini ilk davrlarida davolash ancha yengilroq, lekin yuqori darajalariga chiqavergach skolioz holatini davolash ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Kasallik og‘ir-yengilligiga qarab 4 darajaga bo‘linadi.
1-darajali skolioz – yengil turi bo‘lib, tekshirilgan payti umurtqa qiyshiqligi bola gorizontal holda yotganda yo‘qoladi.
2-darajali skolioz – bola tekis joyda yotgan payti xam qiyshiqlik yo‘qolmaydi. Ko‘krak va bel sohasida qiyshiqlik natijasida muskul o‘rami yoki burtmasini aniqlash mumkin.
3-darajali skolioz – esa qiyshiqlik bir xil holatda, stabillashgan qiyshiqlik kuzatiladi. Bunday skoliozda bukrilik (rebernыy gorb) paydo bo‘ladi. Tos qiyshayishi natijasida oyoqning funksional kaltaligi paydo bo‘ladi. Bola yon tarafga egilib, o‘sha kaltalikni yo‘qotishga harakat qiladi.
4-darajali skolioz – eng og‘ir formasi bo‘lib, bolaning ichki a’zolarida patologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bolani tashqaridan kuzatsangiz, unda bukrilik holatini sezasiz. Oyoq sohalarida falajlik, nevralgiya, parez qayd qilinadi. Kasallikni davolamasa, uning xuruji natijasida umurtqaning o‘z o‘qi atrofida aylanib ketishi natijasida yana ham murakkab deformatsiyalovchi asoratlarga olib keladi. Bunday nuqsonlar o‘z-o‘zidan bolaning ichki a’zolari o‘rnidan siljishiga sabab bo‘ladi va ularning funksiyasi buzilishiga olib keladi. O‘pka, yurak-qon sistemasi ishi buziladi. Surunkali havo yetishmagandek bo‘ladi. Agar o‘z vaqtida skolioz kasalligining boshlang‘ich darajalarida yordam berilmasa, kelajakda bola nogiron bo‘lib qoladi.
 

1 +1 -1
Посетитель сайта Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

3 va 4 — darajalarni davolashning iloji bormi? Bu masalada qaysi klinika yoki shifoxonalarga murojaat qilishni tavsiya qilasizlar?

0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

3 va 4 darajalarini davolash biroz qiyinlik tug’diradi. Ayniqsa,  4 daraja. Lekin davolash aniq tartibda amalga oshirilsa va jiddiy yondashilsa, uzoq vaqt talab etsada davolash mumkin.
TRAVMOTOOGIYA VA ORTOPEDIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTINI tavsiya etishimiz mumkin!

Manzil: O’zbekiston, Toshkent viloyati, 100047, TOSHKENT, YASHNOBOD (avvalgi XAMZA) tumani, TARAQQIYOT ko’chasi, 78.

Telefonlar: +99871 2338004, 2331030, 2331082, 2330812

Your Answer