Semirish uchun

Savol — javobMavzu: AndrologiyaSemirish uchun
0 +1 -1
Anonim 6 месяцев oldin so‘radi

Assalom alaykum, vaznim juda kam, uni qanday usullar bilan ko‘paytirishim mumkin?
Javob uchun rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Agar, odam bolalikdan ozg‘in bo‘lsa, bu holar xavfli emas. Ammo, nimadir sabab bo‘lib tezda, oyiga 3-4 kgdan ozish hayot uchun xavfli. Hamda yuqorida sanab o‘tgan belgilar aynan tezlik bilan ozayotgan odamlarda kuzatiladi.
“Ozg‘inlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?” – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Lekin, sababini sanaydigan bo‘lsak sanoq anchaga cho‘ziladi. Shuning uchun sizga eng asosiy sabablarini aytsam. Boshqa sabablari esa asosiy sabablar oqibatida yuzaga keladi.

  1. Hazm tizimidagi turli o‘zgarishlar.

Oshqozon-ichak tizimidagi turli yallig‘lanishlar (gastrit, enterit), ichaklar harakatining sustlashuvi, hazm bezlari ( jigar, oshqozonosti bezi ) faoliyatining buzilishi, o‘t suyuqligi tarkibining o‘zgarishi, oshqozon-ichak devorlarida turli to‘siqlarning hosil bo‘lishi ovqatning to‘la hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Va organizm hujayralardagi qo‘shimcha moddalardan foydalanishiga olib keladi.

  1. Gelmentlarning (parazit chuvalchanglar) aktiv faoliyati.

Bu holatni hamma bilsa kerak. Parazitlar siz iste’mol qilgan ozuqadan foydalanib o‘z hayotini olib boradi. Bu esa tanamiz uchun zarur bo‘lgan moddalarning hujayralarga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi hamda energiya sarfi avval aytganimizdek, hujayradagi yog‘, oqsil parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya orqali qoplanadi.
Ozg‘inmisiz?! Unda yuqorida aytib o‘tgan muammolarni yo‘qoting! Keyin semirish harakatini boshlang!
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida quyidagi maqolani o‘qishingiz mumkin:

Semirishni istaysizmi

Your Answer