Bachadon bo‘yni saratoni

Savol — javobMavzu: GinekologiyaBachadon bo‘yni saratoni
0 +1 -1
otabek 6 месяцев oldin so‘radi

Assalomu alaykum. Bachadon bo‘yni saratoni haqida ma’lumot bering, iltimos.

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Ayollarda ko‘p uchraydigan bachadon bo‘yni saratoni bachadon va bachadon bo‘ynidagi surunkali kasalliklar oqibatida kelib chiqadi:

  • odam papilloma virusi,
  • ko‘p marta homilador bo‘lgan va tug‘ish paytida bachadon bo‘yni shillik qavati yorilgan,
  • takror abortlar qildirgan va bachadonida surunkali yallig‘lanish kasalliklari va chandiqlari bor ayollar,
  • estrogen gormonining oshib ketishi
  • gerpess,
  • erta jinsiy hayotni boshlash
  • kontratseptiv vositalarni ko‘p qo‘llash;

 

—Dastlab rak simptomsiz kechadi. —Eng dastlabki erta belgisi kontakt vaqtidagi qonli ajralma va oqchil ajralmasi hisoblanadi. Ajralmalar dastlab suvsimon ko‘rinishda, keyinchalik esa qon aralash keladi.
—Jinsiy aloqada, tampon tekkizilganda, jismoniy zo‘riqishda, yo‘talganda, kuchanganda, og‘ir yuk ko‘targanda qonli ajralmalar kelishi mumkin. O‘smaning nekrozlanishi va limfatik tomirlarning yemirilishi natijasida ajralmalar keladi.
Davolash nur va kimyoterapiya usullarida hamda jarrohlik usulida olib boriladi.
 

0 +1 -1
Doniyor 3 месяца oldin javob berdi

Meni onam shu kasallikka chalindi.Onkologiya shifokorlari buni uchinchi bosqich deb aytishdi.So»ngra endi iloji yo’qligini aytishdi bugun…
Iltos yordam beringlar,qanday davolash mumkin bachadon bo’yni rakini?Hozir onamda og’riq kuchaygan.
3-marta himiya dori oldi va 4 — siga kelganda onam organizmi ko’tara olmasligini aytishdi.
Iltimos,yordam beringlar nima qilish kerk?

Your Answer