Qo‘l-oyoq uvishishiga sabab nima?

Savol — javobMavzu: KardiologiyaQo‘l-oyoq uvishishiga sabab nima?
1 +1 -1
Umida 6 месяцев oldin so‘radi

Salom. Yoshim 25da menda qo‘l uvishishi ko‘p bo‘lib turadi, bu nimadan bo‘lishi mumkin?
Xuddi qon yaxshi aylanmay qolganday tuyiladi!  Bu holat asosan kunduzi kuzatiladi. Masalan, qo‘limga tiralib o‘tirganimda yoki shunchaki biron bir stol yoki shunga o‘xshash predmedlarni ustiga qo‘lim turganida ham kuzatiladi 10 — 15 soniyalar ichida.
Buni bartaraf qilish uchun qanday choralar qo‘llagan ma’qul

1 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Urazbaev Mansur Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Qo‘l-oyoqlarning uvishishi sovuqdan, og‘ir yuk ko‘tarishdan, bosh miyada, shuningdek, tanada qonning yaxshi aylanmasligidan, chekish, me’yoridan ortiq alkogol iste’mol qilish tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ham qo‘l-oyoqlar uvishadi. Muntazam ravishda uvishish qon quyuqligidan darak beradi.
Qo‘l-oyoqlarning tez-tez uvishib turishi esa asosan, 40-50 yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Bu yoshdagilar tanasidagi xolesterin miqdorini har zamonda tekshirib turishlari kerak. Chunki qon tomirlari devorida xolesterin moddasining ko‘payib ketishi oqibatida qon yurishi ancha qiyinlashadi. Shundan ke­yin tez-tez o‘ng qo‘l, o‘ng oyoq yoki chap qo‘l, chap oyoq uvishishi kuzatiladi. Agar buning o‘z vaqtida oldi olinmasa, ishimik insult yoki infarkt xas­taliklari kelib chiqadi.
Yoshlarda bu holat asosan tanada qon yaxshi aylanmasligi sababli yuzaga keladi.  Turli jismoniy mashqlar (davolovchi badantarbiya) yordamida bu muammoni hal qilish mumkin.
Agar bu holat uzoq muddat davom etayotgan bo‘lsa, zudlik bilan  shifokor-nevropatologga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Your Answer