4.2
(141)

Qizlik pardasi nima?

Bokiralik nima? An’anaviy ma’noda, bu birinchi jinsiy aloqadan oldin qizning tanasi va ruhining holati. Tibbiy ma’noda, bu qizning qiniga kirishda qizlik pardasi mavjudligi.

Qizlik pardasi katta va kichik jinsiy lablar orasida joylashgan qin shilliq qavatining burmasi. Ushbu burma ancha elastik bo’lib, qon tomirlari, asab va mushak tolalarini o’z ichiga oladi. Bokiralik pardasining zichligi va kengayishi asosan mushak tolalari soniga bog’liq.

Qizlik pardasida hayz ko’rish qonini to’kish uchun bitta yoki bir nechta mayda teshiklar bo’lishi mumkin

Qizlik pardasi ko’rinishi

Umuman olganda, bu pardaning ko’rinishi, shakli, kattaligi, elastikligi, qalinligi har bir ayol uchun individualdir. Bokiralik pardasi standartlari yo’q va bo’lishi mumkin emas. U umuman bo’lmasligi mumkinligi haqida gapirmasa ham bo’ladi — qizlik pardasi tug’ma yo’qligi (aplaziya) deb ataladi. Aksincha, yana paydo bo’lishi ham mumkin bu — ikkilamchi o’sish deb ataladi (atreziya).

Foto: ology.sh

Shifokor konsultatsiyasi

Analiz va muolajalar

Qizlik pardasi nechi yoshda olinishi kerak?

Tibbiy tilda qizlik pardasidan mahrum etish jarayoni defloratsiya deb ataladi. Qizlik pardasini nechi yoshda olish kerak degan savolga aniq javob yo’q. Bokiralikni yo’qotish qizning o’zi bunga ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan tayyor bo’lganda yaxshiroqdir.

Jahon statistikasiga ko’ra, jinsiy faollikning boshlanishidagi o’rtacha yosh — taxminan 18 yoshni tashkil qiladi. Biroq, jinsiy faoliyatning erta boshlanishi ko’pincha reproduktiv tizimda yallig’lanish jarayonlarini rivojlanish xavfi bilan bog’liq. Chunki, qizlik pardasi qinni florasi to’liq shakllanmaguncha tanani har xil infeksiyalardan himoya qildi. Bundan tashqari, qinning ichki epiteliyasi hali ham juda nozik va jinsiy aloqada jarohatlanishi mumkin.

Ba’zi shifokorlar yoshi o’tishi bilan qizlik pardasi elastikligini yo’qotadi va uning yorilishi katta qiyinchiliklar bilan bog’liq bo’lishi mumkin deb hisoblashadi. Ammo barcha shifokorlar ham bu fikrni qo’llab-quvvatlamaydilar.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Farzandsizlik - «og‘ritmas dard»

Ko’pchilik mutaxassislar qizlik pardasi zichligi yoshga bog’liq emas, balki ayol tanasining individual xususiyatlariga bog’liq deb hisoblashadi

Qizlik pardasi qanday olinishi kerak?

Tajribali va bilimli sherik bilan qizlik pardasini olish yaxshiroqdir. Lekin, tajriba doim ham bo’lishi shart emas, shunchaki yigit muloyimlik bilan harakat qilgani ma’qul. Ammo yigit jinsiy aloqaga qanday tayyorlashni, qachon dam olishni va qizni hayajonlantirishni bilishi kerak. Agar yosh yigit va qiz o’rtasida sevgi, mehr va bir-birlarini rozi qilish istagi bo’lsa, unda ular shunchaki tavsiyalarga amal qilib, shoshilmasdan, hamma narsani mehr bilan bajarishlari kerak.

Qizlik pardasi olinishi og’riqlimi?

Asosiy qo’rquv nafaqat og’riqli, balki juda og’riqli bo’lishi kerak degan fikrlardan kelib chiqadi. Ko’pincha bu fikr hikoyalariga, adabiy manbalardan va filmlardan olingan ma’lumotlarga asoslangan.

Ushbu manbalarning barchasi, odatda, haqiqiy hayotga unchalik aloqasi yo’q. Og’riqni kutish qo’rquvni keltirib chiqaradi va qo’rquv jinsiy olatni kirib borishiga xalaqit beradigan qin mushaklarining beixtiyor qisqarishiga olib keladi. Bunday holatda og’riqni hissiyotlarni imkon qadar bo’shashtirish, iloji boricha o’zini bo’sh qo’yish, hech qanday joyga shoshilmasdan va majburlashsiz mayin harakatlar orqali kamaytirish mumkin.

Qiz oldindan mehr bilan hayajonlantirilganda, moylash moddasi qin ichiga chiqadi. Bu, defloratsiyani kuchli og’riqsiz kechishiga yordam beradi. Agar yetarlicha moylash materiallari qindan ajralib chiqmasa, do’konlarda sotiladigan jinsiy aloqa uchun maxsus moylash materiallaridan foydalanishingiz mumkin.

Bokiralik pardasi olinganda doim ham qon keladimi?

Yana bir dolzarb savol — defloratsiya paytida qon ketish masalasi. Shunisi e’tiborga loyiqki, qon ketishi mumkin yoki ketmasligi mumkin — bu yerda yana hamma narsa individualdir. Agar qon ketsa, u bir kundan 5-7 kungacha davom etishi mumkin. Agar qon bo’lmasa, unda asosiy hayot dramalari boshlanadi. Erkak qizlik pardasi yorilishi paytini ko’pincha sezmaydi, shuning uchun ba’zi erkaklar qonni ko’rmaydilar. Bunday holat yuz bersa qizlarni buzuq turmush tarzi, xiyonat va boshqalarda gumon qila boshlaydilar. Ko’pincha, bu shubhalar hech narsaga asoslanmaydi, chunki ko’pchilik ba’zan qizlar birinchi jinsiy aloqada qon yoki og’riq bo’lmasligini bilishmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy munosabat va hayot

Qizlik pardasi olinganda qon ketmasligining juda ko’p sabablar bo’lishi mumkin — yuqori darajada kengayadigan qizlik pardasi, uning tug’ma yo’qligi, qizlik pardasida dastlab katta teshiklar mavjudligi, qon tomirlarining joylashish xususiyatlari. Shuningdek, masalan, qiz muvaffaqiyatsiz panjara oshib ketgan yoki gimnastika bilan juda faol shug’ullangan bo’lsa qizlik pardasi bolalikda yirtilishi mumkin. Shunday qilib, birinchi jinsiy aloqadan keyin qon borligi yoki yo’qligi qizning bokira yoki bokira emasligini ko’rsata olmaydi.

Yana bir nechta muhim tafsilotlar: Ba’zida qizlik pardasi birinchi aloqadayoq tez buzilmasligi, ikkinchi yoki uchinchi urinishda yirtilishi ham mumkin. Ba’zida qizlik pardasi faqat tug’ruqdan keyin butunlay buziladi, ammo bunday holatlar kamdan-kam uchraydi. Odatda, qizlik bir marta yo’qoladi. Og’riqli hislar esa, shilliq qavatning shikastlanishidan so’ng, defloratsiyadan keyin ham bir muncha vaqt saqlanib qolishi mumkin.

Ko’pchilikni qizlar birinchi jinsiy aloqadan zavq ola oladimi degan savol ham qiziqtiradi. Bunday holatlar ham kam emas. Ko’p narsa kayfiyatga, jinsiy aloqa paytida bo’shashish qobiliyatiga, miyani o’chirishga bog’liq — og’riq yoki orgazmni kutmaslik kerak. Ammo, agar orgazmni boshdan kechirishning iloji bo’lmasa, umidingizni yo’qotmang, chunki ko’plab ayollarda orgazm 5-7 yillik jinsiy faoliyatdan so’ng, ba’zan esa undan keyin paydo bo’ladi.

Qizlik pardasi olinmasdan turib homilador bo’lish mumkinmi?

Birinchi martada parda to’liq yirtilmasdan turib ham homilador bo’lish mumkin. Chunki, yuqorida aytib o’tganimizdek, qizlik pardasida hayz qoni kelishi uchun bitta yoki bir nechta teshik mavjud. Shuning uchun, homiladorlikdan himoyalanmoqchi bo’lsangiz, prezervativdan foydalanish maqsadga muvofiqdir — ularning ko’pchiligi maxsus moylash materiallari bilan qoplangan, bu esa siljishni yaxshilaydi va bakteriyalarni yo’q qiladi.

Shunday qilib, qizlik pardsidan mahrum qilish juda nozik va xushmuomalalikni talab qiladigan jarayondir. Shuning uchun, birinchi jinsiy aloqani minimal noqulaylik bilan o’tkazish juda muhimdir. Axir, bu ayolning keyingi to’liq jinsiy hayotining kaliti bo’ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy aloqa haqida (2023-yil qo'llanma)

Bokiralikni tiklash mumkinmi?

Bizning davrimizda qizlik pardasini osongina tiklash mumkinligi endi hech kimga sir emas. Ko’plab klinikalar va tibbiyot markazlari gimenoplastika — qizlik pardasini tiklash bo’yicha plastik jarrohlik kabi xizmatlarni taklif etadi. Ushbu operatsiyani bajarish ko’rsatkichi faqat bemorning xohishidir.

Qizlik pardasini tiklashninh bir necha usullar mavjud. Ulardan eng ishonchlisi qin vestibulasini tikish yoki uch qavatli gimenoplastika hisoblanadi. Bunday operatsiya bokiralikni hech kim sezmagan holda tiklashni kafolatlaydi. Bundan tashqari, ushbu operatsiyadan so’ng, ikkinchi marotaba «qizlik pardasidan mahrum qilish» paytida qon ketish birinchi defloratsiyadan ko’ra kuchliroq bo’lishi mumkin. 

Shunday qilib, qizlik pardasi borligi yoki yo’qligi hech narsani anglatmaydi. Ushbu fikrlarni “kelinlarda qizlik pardasi doimo bo’lishi zarur” — degan fikrdagi erkaklarga yetkazish yaxshi bo’lar edi.

manba: mc-euromed.ru

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.