Qabziyat

1 +1 -1
Ahad 5 месяцев oldin so‘radi

Assalom alaykum, qabziyatni qanday qilib xalq tabobati usullari orqali davolash mumkin, uy sharoitida.

Javobingiz uchun oldindan rahmat!

1 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Surunkali qabziyati bor kishilar olxo‘ri mevasi yoki suli (gerkules) donlari qaynatilgan suvni ichishlari lozim. Qirilgan turp suvi hamda iliq holdagi karam suvini ichish ham ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Sano barglari qadimdan buyon surgi sifatida ishlatib kelinadi. Qabziyatni davolash uchun sano barglaridan 10-15 gramm olib bir stakan qaynab turgan suvda bir soatcha damlanadi. So‘ng dokadan suzib olinadi va kechqurun uxlashdan oldin bir stakan ichiladi.
Qabziyatdan xalos bo‘lishda tog‘olcha damlamasi va undan tayyorlangan kompot yaxshi foyda beradi.
Sut va sut mahsulotlari ichni yumshatuvchi omillardan biridir. Agar kishi kuniga bir litrgacha sut ichsa uni ich qotishi bezovta qilmaydi.
Kanakunjut moyi (kastornoye maslo) ham eng yaxshi surgi o‘rniga o‘tadi. Katta yoshdagilar 15-30 gramm, bolalar 5-10 gramm (bir choyqoshiq) kanakunjut moyi ichishlari tavsiya etiladi.
Arpabodiyon hamda shivit (ukrop) dan tayyorlangan damlamalar ichak dam bo‘lishining oldini oladi va qabziyatga yo‘l qo‘ymaydi.
Yirik tuyilgan (kepakli) jaydari undan va javdar unidan yopilgan nonlar ichak faoliyatini meyorga solishi isbotlangan.
Behi urug‘i ham qabziyatda surgi sifatida qo‘llaniladi. Buning uchun yetilgan behi urug‘i mevadan ajratib olinadi va salqin joyda quritiladi. Bir choyqoshiq behi urug‘i ustiga 200 gramm (bir stakan) qaynoq suv quyib damlanadi. Damlamadan kuniga ovqatdan oldin chorak stakandan uch mahal ichiladi.
«Xalq tabobati mo‘jizasi» kitobining ma’lumotlari keltirildi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida quyidagi maqolani ham o‘qishingiz mumkin: Qabziyat qiynaganda.

Your Answer