Psoriaz

0 +1 -1
Nilufar 7 месяцев oldin so‘radi

Psoriaz kasalligi haqida ma’lumot bersangiz. Uning kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘ladi?
Javobingiz uchun rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 7 месяцев oldin javob berdi

Psoriaz so‘zi yunoncha bo‘lib, qichima degan ma’noni anglatadi. Oddiy xalq orasida bu kasallik qo‘­tirli temiratki, qichima deb ham ataladi.
Kasallik qo‘zg‘alishiga sabab bo‘luvchi omillar:

  • Yuqumli kasalliklar (gripp, o‘tkir respirator virusli kasalliklar, suvchechak, yuqumli parotit kasalligi, gepatit kasalligi);
  • Pnevmoniya, piyelonefrit va boshqalar;
  • yiringli otit, surunkali tonzillit, gaymorit, frontit, tishlar kariyesi va boshqalar;
  • kuchli qo‘rquv va haya­jon­lanish;
  • stresslar;
  • ruhiy siqilishlar;
  • ayrim dori vositalari;
  • parhezning buzilishi va b.

Kasallik belgilari
Bunda terida pushti rangdagi, chetlari tekis, yallig‘langan dog‘lar kuzatiladi. Toshmalar boshning sochli qismida ham kuzatilishi mumkin. Dog‘lar atrofidagi teri biroz qizaradi. So‘ngra dog‘ asta-sekin kattalashib boradi. DoQlar bir — biriga qo‘shilishga moyil bo‘ladi. Dog‘lar ko‘pincha simmetrik tarzda joylashib, qo‘l-oyoqlarning tashqi sat­hida uchraydi. Davriy ravishda qatqaloqlar hosil qiladi. Bu dog‘lar ko‘pincha terining ko‘p ishqalanadigan sohalarida kelib chiqadi. Masalan: yuz terisi, jinsiy a’zolar sohasida, tabiiy burmalar atrofida, dumbalar sohasida.
Kasallik qanday davolanadi?

  • Organizm sezuvchanligini pasaytiradigan dorilar buyuriladi (suprastin, kalsiy glyukonat);
  • Kasallikning og‘ir turlarida gormonal vositalar beriladi (prednizalon);
  • Teriga malham dorilarni surtish tavsiya etiladi (bolalar kremi, oltingugurtdan tayyorlangan malhamlar, salitsilat mal­hami, ixtiolli malhamlar  va b);
  • Vitaminlar. Masalan: tarkibida A, E, PP vitaminlarini saqlovchi kompleks vitaminlar.
  • Tinchlantiruvchi vositalar — novopassit, sedonik va b.

Kasallikning ayrim turlarida tarkibida gormonlarni saqlovchi malhamlar buyuriladi. Oromgohlarda davolanish, dengiz va ko‘llarda cho‘­milish, serovodorodli hovuzlarda davolanish buyuriladi.

Your Answer