Prolaktin garmoni haqida

Savol — javobMavzu: GinekologiyaProlaktin garmoni haqida
0 +1 -1
guzal 4 месяца oldin so‘radi

Qon tahlilida prolaktin garmoni oshiq chiqib (31) vrach buyurgan dori qabul qilinib bo‘lgandan keyin qayta tahlilda 28 chiqdi. Nimaga bunday bo‘lganiga tushunolmadim. Iltimos bu garmon ko‘payishi xatarli emasmi? To‘g‘ri har bir narsani o‘z normasi bor, lekin yana qanday qilib bu garmonni normaga tushurish yo‘llari bor. Javob uchun oldindan rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Urazbaev Mansur Muallif 4 месяца oldin javob berdi

Prolaktin — «stress garmon» deb ham ataladi. Uning ayollarda ko‘payishi jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarga olib keladi.
Gormonning vazifasi to‘la o‘rganilmagan, lekin ko‘p jihatlari aniqlangan. Gormon qizlarda balog‘at davrida sut bezlarining o‘sishini ta’minlasa, homiladorlikda, emizikli davrda laktatsiya jarayonini boshqaradi. Gormon
Bu gormon erkaklar uchun ham muhim hisoblanadi va spermatogenezni va prostata  sekretining ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Bu gormon darajasi hayz sikli kuniga qarab o‘zgaradi.
Norma quyidagicha:

  • follikulyar bosqichida (в фолликулярной фазе) — 4,5-33 ng / ml dan;
  • ovulatuar bosqichida (в овуляторной фазе ) — 6,3-49 ng / ml dan;
  • luteal bosqichida ( в лютеиновой фазе ) —  4,9-40 ng / ml dan

Aslida gormon chegarasini aniqlash biroz mushkul va bu individual ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq umumiy jiatdan olganda prolaktin gormoni homiladorlik davri kuzatilmaganda 4.1-4.5 ng / ml dan  24-34 ng / ml gacha bo’lishi kerak.

Prolaktin ortishiga quyidagi patalogik   holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Prolactinoma. Qondagi gormonning konsentratsiyasi darajasi 200 ng / ml gacha yetadi.
  • Anoreksiya. 
  • Gipotireoz.

 

Prolaktin ortishiga fiziologik  holatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.Bular

  •  homiladorlik;
  • ko’krak suti bilan boqishda;
  • kuchli jismoniy faoliyat natijasida;
  • ratsionida yuqori oqsil bo‘lganda;
  • ruhiy charchoqda.

Labaratoriya tekshiruviga borishdan oldin  jinsiy aloqaga kirishmaslik, asabiylashmaslik, kamida 30 daqiqa tinch joyda dam olish, chekmaslik, spirtli ichimliklar qabul qilmaslik zarur.
Va shuni ham alohida ta’kidlashimiz kerakki, gormon analizini 2-3 ta labaratoriyada topshirish zarur.
 
 

Your Answer