Oshqozon og‘rishi

Savol — javobMavzu: TerapiyaOshqozon og‘rishi
0 +1 -1
Adiba 7 месяцев oldin so‘radi

Salom, yoshim 29 da. 5 oylik homiladorman. Yaqin kunlardan buyon ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng oshqozonim bezovta qilayapti, achishadi. Ertalab to‘q sariq achchiq zardob qusdim. Bu homiladorlikning belgisi bo‘lishi mumkinmi? Yoki jiddiy sababi bormi?
Oshqozonimni qanday tekshirtirsam bo‘ladi?

Yuklanmoqda...

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 7 месяцев oldin javob berdi

Tanavvuldan so‘ng oshqozonda achishish bo‘lishi me’da faoliyatida yuqori kislotali muhitning yuzaga kelayotganidan darak bo‘lishi mumkin. O‘zingizdagi o‘zgarishlarni kuzating. Nordon, achchiq, sho‘r mahsulotlarni kamaytiring. Tez-tez oz-ozdan yengil tamaddi qiling. Iloji boricha parhezbop yeguliklardan iste’mol qiling. Shifokor ko‘rigidan o‘tib, umumiy shikoyatlaringizga ko‘ra kerakli muolajalar tavsiya qilinadi. Hozirda homiladorlar uchun oshqozon muhitni normallashtriuvchi preparatlar faol qo‘llanilmoqda. Shifokor tavsiyasi bilan ularni qabul qilishingiz mumkin. 

Your Answer