OITS belgilari

Savol — javobMavzu: VirusologiyaOITS belgilari
0 +1 -1
Farrux 6 месяцев oldin so‘radi

Salom. Odamda  SPID (OITS) bo’lsa, qanday alomatlar bilan unga seziladi?

2 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Urazbaev Mansur Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Bemorda kasallik bir necha turda rivojlanadi:

1.Kasallikning о‘pka turida — bemorda pnevmosistli zotiljam rivojlanib, о‘pkaning ikkala bо‘limi о‘tkir yallig’lanadi,
kasallik og’ir kechadi, nafas olish susayadi, nafas olganda kо‘krak
qafasi og’riydi.

2. OITSning meda-ichak kasalligi turida — surunkali ich ketish, og’iz bо‘shlig’ida, qizilо‘ngachda о‘tkir yallig’lanish va
ovqatning yaxshi о‘tmasligi kuzatiladi. Bemorning vazni kamayadi,
kо‘krak qafasida og’riq paydo bо‘lib ichidan qon ketadi.

3. OITS kasalligida markaziy asab sistemasi zararlansa, bemorning asabi buzilib eslash qobiliyati susayadi. Bemorni holsizlanish, bosh og’riq, kо‘ngil aynishlar bezovta qiladi va muskullarida atrofiya kuzatiladi. Bemorlarning kaftida, barmoqlarida va oyog’ida sezuvchanlik yо‘qoladi.

4. Teri kasalligi turida — Sarkoma Kaposha (terining rak kasalligi) kuzatiladi.  Bu о‘ta xafli kasallik bо‘lib hisoblanadi.  Kasallikning epidemik formasi 1980- yilda OITS bilan kasallangan yosh gomoseksualist
erkaklarda kuzatilgan. Bemorning terisida, limfa bezlarida, meda-ichak va о‘pkasida dog’lar yoki bо‘rtmachalar toshmalar paydo
bо‘ladi. Bu suvli bо‘rtmachalar tо‘qima va suyakkacha chuqurlashib
boradi, hamda qattiq og’riq bо‘lib, qon ketadi. Sarkoma Kaposha kasalligiga davo topilmagan.

5.Yurak mushaklari shikastlanish turida — yurakda, ko’krak sohasida og’riq his etiladi.
6. Buyrak kasalligi turida — buyraklarda og’riqlar kuzatiladi

7. Tо‘sh va qovurg’a suyaklarining qon ishlab chiqarish faoliyati har xil xavfli rivojlanish turi.

OIV yuqqandan so‘ng, OITS kasalligining belgilari kishining yashash sharoiti va immunitetiga qarab, 3 — 5 yil, ba’zida undan ham ko‘proq vaqt o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Umuman olganda OITS bemorga dastlabki quyidagi belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin:

  • Uzoq vaqt ichi o‘tadi (diareya)
  • Sababsiz o‘pka shamolashlari
  • Odamning keskin ozib ketishi, tana vaznining kamayib ketishi
  • Turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining keskin pasayib ketishi
  • Uzoq vaqt sababsiz harorat ko‘tarilishi
  • Xavfli o‘smalarning rivojlanishi

 

0 +1 -1
zarrux 6 месяцев oldin javob berdi

Raxmat yana bir savolim bor men 1 yildan buyon spermani qo’l bilan chiqaraman hozir uncha turmaydigan bo’lgan siyganimdan keyin suyuqlik chiqiyapti sal gina achishiyapti qo’l bilan chiqarishni tashlasam o’ziga keladimi yoki bu boshqa narsadan bo’lganmi 

Your Answer