Nefroptoz — buyraklarning pastga siljishi

Savol — javobMavzu: TerapiyaNefroptoz — buyraklarning pastga siljishi
0 +1 -1
Sayyora 5 месяцев oldin so‘radi

Shifokor tibbiy ko‘rik jarayonida menda nefroptoz (buyraklarning pastga siljishi)ni aniqladi. Nima uchun bu holat sodir bo‘ladi? Buyraklarim yana o‘z joyiga qaytadimi?

1 ta javob
0 +1 -1
Dilorom Kenjayeva 5 месяцев oldin javob berdi

Nefroptoz xastaligining sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Bel sohasining shikastlanishi, og‘ir jismoniy mehnat, haddan ortiq og‘ir yuk ko‘tarish, birdan ozib ketish, buyraklarning yuqumli kasalligi va shu kabilar.
Bu xastalikka chalingan bemor sakrash va silkinishdan o‘zini asrashi zarur. Og‘ir yuk ko‘tarish mumkin emas. Taomnomada go‘sht hamda tuz iste’molini cheklash kerak. Xastalikning ilk bosqichlarida bandaj taqish darkor. Hamda bemorga shifokor davolash fizkulturasi muolajalarini tavsiya etadi. Shuningdek, buyraklar joyidan pastga siljiganida xasta odam muntazam dispanser nazoratida bo‘lishi kerak. Yana buyraklar UTT qilinib, peshob tahlili ham amalga oshiriladi.

Avitsenna.uz 5 месяцев oldin javob berdi

«Sog’lom avlod» gazetasi ma’lumoti.

Your Answer