Lazerli operatsiya zararli emasmi?

Savol — javobMavzu: OftalmologiyaLazerli operatsiya zararli emasmi?
0 +1 -1
Murod 6 месяцев oldin so‘radi

Salom. Mani ko‘zimning zreniyasi -2 Dp (miopiya) uzoqni yaxshi ko‘rmaydi. Shunga lazerli operatsiya bor ekan. Shu haqda ma’lumot bering. Undan keyin asoratlari qolmaydimi, yana zreniya tushmaydimi ? Iltimos kengroq tushuntirib bering. Javob uchun oldindan rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Oftalmolog Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Kasallik haqida biroz bilsangiz kerak. Shunday bo’lsada ma’lumot bersam. Miopiyaga (uzoqni yaxshi ko’rmaslik) sabablar quyidagi omillardir:
1. Irsiy omil (ota-onada ham shu kasallikning mavjudligi, tug’ma miopiya)
2. Ko’zni juda toliqishi.
3. Ko’z kasalliklarini (miopiyadan boshqalarida) davolashda bemorga buyirilgan ko’zoynak yoki linzaning noto’g’ri tanlanganligi.
Miopiyani davolashning eng samarali usullaridan biri eksimer – lazer korreksiyasidir. Individual dastur bo‘yicha lazerning sovuq nuri shox pardani “dazmollab”, uning ichidagi barcha buzilishlarni yo‘qotadi. Bunda ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan odamlarniki kabi, nurning optimal sinishi uchun meyoriy muhit va sharoit yaratiladi. Lekin bu jarrohlik usuli miopiya 3 yil mobaynida kuchaymagan hollarda tavsiya etiladi va eng yaxshisi 18-21 yoshgacha bu muolajani qo‘llamagan ma’qul. Biroq ayrim hollarda tavsiya qilingan yoshni kutmay jarrohlikni qo‘llash mumkin. Faqat bolalarga ushbu usul juda aniq ko‘rsatmalar, masalan yuqori darajali bir tomonlama miopiyada belgilanadi.
Ko’z nuri operatsiyadan keyin tushish ehtimolligi kam, lekin bemor ko’zini juda zo’riqtirsa, shikastlansa holat kuchayishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, operatsiya faqatgina miopiya sekin o’zgarayotgan yoki o’sishdan to’xtaganda o’tqaziladi. Bu esa kelgusidagi xavfni ancha kamaytiradi. Sizdagi holat miopiyaning yengil darajasiga kiradi. Operatsiya xuddi kosmetik operatsiyalar kabi tez va sonlik bilan bajariladi.

Miopiyani lazer bilan davolash bosqichlari

 
 
Qo’shimcha hayotiy voqe sifatida quyidagi maqolani o’qib chiqishingiz mumkin: http://www.happydoctor.ru/info/250

Your Answer