Ko‘z osti qovog‘i shishishi

Savol — javobMavzu: OftalmologiyaKo‘z osti qovog‘i shishishi
0 +1 -1
Nosirbek 3 месяца oldin so‘radi

Har tong meni bir muammo qiynaydi: ko‘z osti qovog‘im shishib uyg‘onaman. Buning sababi va davosi haqida ma’lumot bersangiz?

1 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Saida Nuritdinova 3 месяца oldin javob berdi

Tongda oynaga qarab qovoqlari osti shishgani ko‘rgan kishininig kayfiyati buzilishi tabiiy. Chunki ertalabdan ishga, o‘qishga borib odamlar bilan muloqotda bo‘ladigan kishi tetik, sog‘lom ko‘rinishni xohlaydi.
Faqat uyqusizlik emas…
Xo‘sh, qovoklarlar osti nima sababdan shishadi va undan qanday qutulish mumkin? Keling, avvalo qovoqlar osti nima sababdan shishishini o‘rganamiz.
Bunga faqat kechasi ko‘p suyuqlik ichish yoki tunda uxlamaslik sabab bo‘ladi deyish xato. Bunga odam ichki organlarining kasalliklari ham sabab bo‘lishi mumkin.
Qovoq osti shishiga:
-muddati o‘tgan, sifatsiz kosmetikadan foydalanish,
-kechqurun ichilgan spirtli ichimliklar,
— kashandalik,
-uyqusizlik, depressiya, stress,
-uyqudan oldin sho‘r eguliklar eyish,
-noto‘g‘ri ovqatlanish (sho‘r achchiq, yog‘li ovqatlarni haddan tashqari ko‘p eyish), semizlik sabab bo‘lishi mumkin.
Agar siz sog‘lom turmush tarafdori bo‘lib, yuqridagi sabablar sizga tegishli bo‘lmasa unda qovok osti shishi sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat etishingiz va tekshiruvlardan o‘tib, bu holatga nima sabab bo‘lganini aniqlashingiz kerak.
Qaysi xasataliklar sabab bo‘lishi mumkin?
• yurak yoki buyrak etishmovchiligi,
• allergik reaksiyalar.
Davosi bormi?
Qovoq osti shishishi davolanishning zamonaviy kosmetologiya va xalq tabobati usullari bor.
Zamonaviy kosmetologiya:
• infraqizil lazer,
• mikrotoklar,
• limfodrenaj,
• qovoq osti terisi uchun piling.
Xalq tabobati
• ko‘z atrofi terisini tortuvchi tabiiy niqoblar,
• moychechak, qora choy, suvdan tayyorlangan sovuk kompresslar,
• muz bo‘lakchalari, moychechak, mavrak,eman, damlamalari.
Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar:
• o‘tlardan tayyorlanadigan kompresslar.Qovoq osti shishishini yo‘qotish uchun moychechak, rozmarin, yalpiz barglari, jo‘ka barglaridan foydalaning. Bir piyola qaynok suvga bir qoshiq quritilgan o‘tlar jamlanmasidan solib ustini yopib damlab qo‘yasiz. Sovigan, tayyor damlamadan qovoq ostiga kompress qilasiz.
• 1qoshiq choyga 1 qoshiq quritilgan moychechakni aralashtirib bir piyola qaynagan colib damlang va sovugach, damlamaga paxta botirib qovoqlar ustiga qo‘ying.
• Kartoshkadan bo‘tqa tayyorlang, sovugach, dokaga solib, qovoqlaringiz ustiga qo‘ying. Bu niqob qovoq osti shishini yo‘qotibgina qolmay, terini yoshartiradi. Agar kartoshkani qaynatishga vaqtingiz etmasa, unda xom kartoshkani 2 bo‘lakka bo‘lib ko‘zingiz ustiga qo‘yishingiz, yoki kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib petrushka, shivitni maydalab to‘g‘g‘ab, dokaga o‘raysiz. Bu kompress ham qovoqlarga qo‘yiladi.
• Bodringni qirg‘ichdan o‘tkazib qovog‘ingiz qo‘ying, ustidan iliq sutga botirilgan paxtani qo‘ysangiz yanada samarali bo‘ladi.
• Petrushkani go‘sht maydalagichdan o‘tkazib (1 qoshiq) achchiq choy damlamasi bilan aralashtirib ko‘zingizga kompress qiling.
• 2 koshiq smetanaga 1 qoshiq maydalangan petrushkani aralashtirib niqob tayyorlang va ko‘z ustiga qo‘ying.
• Asalni eritib 1 qoshig‘ini 1 qoshiq bug‘doy uni va bitta tuxum oqini aralashtirib niqob tayyorlang va qovoq ustiga qo‘ying

Your Answer