Kosmetik vositalardan allergiya

Savol — javobMavzu: AllergologiyaKosmetik vositalardan allergiya
0 +1 -1
Nozima 24 yosh 5 месяцев oldin so‘radi

Assalomu alaykum
Yuzimni yuvishga «Classic White» degan sovundan foydalanayotgan edim. Ammo birdaniga yuzimga mayda toshmalar toshib, qattiq qichishadigan bo‘lib qoldi. Natijada har qanday kosmetik vositalardan ham foydalana olmay qoldim. Shampun, upa, qosh-ko‘zga qalam ishlata olmayapman. Faqat bolalar sepmasi (prisipka) va bolalar sovunigina menga qo’l kelyapti. Bunday vaziyatda qanday chora ko‘rishim mumkin.

1 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Sovun yoki boshqa kosmetik vosita tarkabidagi kimoyviy modda sizga allergen sifatida ta’sir qilmoqda va sizga allergik holat yuzaga kelgan. Boshqa vositalardagi aynan o‘sha birikma xuddi shunday ta’sir etmoqda. Bolalar sepmasi va sovunida (umuman, barcha bolalar vositalarida) esa allegik reaksiya berishi mumkin bo‘lgan moddalar juda kam bo‘ladi. Shuning uchun sizda qizarish va qichishish holatlari kuzatilmayapti.  Teringiz ta’sirchanligi oshgan.
Bunday holarda allergolog yoki dermatolog qabuliga borishingiz kerak. Qanday allergen yoki allergenlar ta’sir etayotganligini aniqlashi kerak. Va tegishli antigistamin preparatlari yoki boshqa preparatlar orqali (usullar orqali) davolash bosqichini tavsiya etadi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, ko‘pgina kosmetik allergiyalar bir vaqtning o‘zida turli kometik vositalarini aralash yoki ustma-ust qo‘llash oqibatida kelib chiqadi. Umuman har doim shuni ahamiyatga olishingizni so‘raymiz.

Your Answer