Jinsiy qonish

Savol — javobMavzu: AndrologiyaJinsiy qonish
0 +1 -1
Botir 5 месяцев oldin so‘radi

Erkaklar o‘zini-o‘zini qondirish (Onanizm) zararlimi?

2 ta javob
0 +1 -1
Teshboyev Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Doimiy ravishda onanizm bilan shug‘ullanish natijasida, miyamizdagi dofamin darajasi vayron bo‘ladi.
Inson doimiy ravishda bir jarayonni bajarishda davom etaversa uning miyasi shunga moslashaveradi, bu tabiiy jarayon albatta, bu hoh sport bo‘lsin hoh kitob o‘qish va hokazo. Lekin onanizm bilan shug‘ullanishnish miyaga ta’sirlari shu qadar achinarliki, inson bunga ishongisi kelmaydi. Onanizm bilan doimiy shug‘ullangan insonning miyasida bir katta hudud paydo bo‘ladi, bu hududning nomi onanizmdir. Doimiy ravishda bu odatni bajargan inson ohir borib bunga mukkasidan ketadi ya’ni bu kundalik odatga aylanib qoladi, xuddi giyoohvanlik kabi. Onanizm insonlarga motivatsiya beradi ya’ni bu odatni keyingi safar ham albatta bajarish uchun turtki bo‘ladi, Nega? Chunki buning oxiri lazzatbaxsh. Bu odatga inson shu qadar o‘rganib qoladiki, buni tashlash juda ham qiyin bo‘lib qoladi.

Onanizm bilan shug‘ullanish erkak tanasidagi “Testosteron” darajasini oshiqcha darajada tushurib yuboradi.
Erkakning kundalik hayoti, reproduktiv salomatligi va jinsiy va barcha tomonlama rivojlanishi uchun asosiy yagona ozuqa bu testosterondir. Garvard universiteti ma’lumotiga ko‘ra bir marotaba onanizm bilan shug‘ullanish testosteron darajasini shu qadar kamaytirar ekanki, uni qayta ishlab meyoriga keltirish uchun erkak organizmi ikki kunlik vaqt sarflar ekan. Testosterone darajasini kamligi kishi organizmga quyidagi zararlarni olib keladi: jinsiy hayotga aktivlik kamayadi, bora bora kamayib ohiri yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin. Jismonan yetuklikni kamaytiradi. Xo‘sh nima uchun erkak organizmiga testosterone shu qadar muhim?
— Quvvat
— Xotira
— Fikrni bir narsaga jamlash
— O‘zini o‘zi hurmat qilish
— Jismonan baquvatlik
— Ovozning yo‘g‘onlashishi
— Muskullarni rivojlanishi
— Suyaklarni baquvvatlashishi
— Dominantlik
— Erta bo‘shalmaslik
— Jinsiy hayotga qiziqishni normada uzoq muddat ushlab turish
— Jinsiy baquvvatlik
— Jinsiy organning (olatning) qattiq va tarang va uzoq muddat erktilligi uchun
— Jigarning yaxshi ishlashi
Prostatit sog‘liqni saqlash uchun testosterone erkakning muhim ozuqasi hisoblanadi.
Endi bir tasavvur qilaylik, hargal onanizm bilan shug‘ullanganimizda testosteron darajamizni kamaytirsak yuqorida qayd etilgan jarayonlarga qanday ta’sir qilar ekan?

Onanizmning natijasida inson uyatchang va asabiy bo‘lib qoladi.
Chunki miya faoliyati jarayoni buzilishi natijasida inson asabiy va uyatchang bo‘lib qoladi. Ko‘p siqilishlar, streslar, onanizmga qarab bo‘lib qolish oqibatida inson asabiylik va uyatchanlik kelib chiqadi. Ayollar bilan muomala qilishda jur’atzilik, qo‘rqoqlik, uyatchanlik kabi hislatlar sezila boshlanadi. Chunki uyda berkinib o‘tirib bunday odatlarni qiladigan erkak kishini erkak deyish ham sal kulgilik. Uyda o‘tirish qayoqdaku, qizlar bilan suhbat qilish qayoqda. Ota-onaning yoki yaqinlar bilan suhbatda asabiylashish, ularning fikrilarini yoqtirmaslik, gap qaytarish va ongling zahrlanishi ortida onanizm yotibdi.

Erkaklik olatining kichrayishi.
Ko‘p yillar davomida onanizm bilan shug‘ullanish natijasida jinsiy olat sezilarli darajada kichrayishi, olat terisining sifati buzilishi, hattoki olat shaklining o‘zgarishi ya’ni qiyshayishi aniq faktlar bilan aniqlangan.

Burun shaklining o‘zgarishi.
Yana bir qiziq fakt shuki, onanizm bilan shug‘ullanish natijasida insonning burun shakli ham o‘zgarishi aniqlangan, ya’ni burun shaklining shishish orqali o‘zgarishi, hattoki burun suyaklarini sezilarli darajada qiyshayishi ham aniqlangan.

Mulohazasizlik va erkak dominantligi kuchsizlanishi.
Asabiy, jur’atsiz, qo‘rqoq erkakdan hech qachon mulohazali, uzoqni ko‘ra olishlik, oilada o‘z o‘rniga va so‘ziga ega bo‘lishlik kelmaydi. Nega? Chunki miya rivojlanishda juda sust, deyarli to‘xtab qolgan. Ayolni qoniqtira olmaslik, unga yetarlik lazzat baxsh eta olmaydigan erkak oilada dominant ya’ni ustuvor bo‘lishi juda mushkul masala.

Soch to‘kilishi va teri kasalliklari.
Onanizm natijasida juda ko‘p kasalliklar kelib chiqishi aniqlangan shular jumlasidan soch to‘kilishi va teri kasallikari. Barchaga ma’lumki erkak kishining ham tashqi ko‘rinishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sochi to‘kilgan, terisini ko‘rinishi odamni g‘alati qiladigan erkak kishini hech bir ayol zoti suymasa kerak. Bu zararli illat oqibatida insonni tashqi ko‘rinishi butunlay negatif tarafga burilib ketadi. Ayollarni e’tiborini tortadigan emas, foydasiz bir insonga aylanib qolish hech gap emas. Sochlari qora, qalin, yuz terisi tiniq, o‘ziga tortib turadigan va doim quvvat, g‘ayrat-shijoati bilinib turgan yigit kishini barcha yaxshi ko‘radi.

Uyqu meyorining buzilishi.
Onanizm natijasida uyqu meyori buziladi, organizmlar bir tekis normal holatda ishlamaydi. Erkak kishining testosteron darajasini tushurib yuboradigan eng katta omillardan yana biri bu kam uhlashlik yoki noto‘g‘ri vaqtda uhlashlikdir. Kech qurungi ikki soatlik uyqu kunduzgi besh soatlik uyqudan ko‘ra anchagina foydali ekanini barcha yaxshi biladi.

Insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi.
Ayol kishi erkak kishidan hohlaydigan asosiy jihatlardan biri bu — ishonchdir. Onanizm insonga uyatchanlik, jur’atsizlik, jamoat ishlarida aktiv bo‘lmaslik, asabiylashishlikni olib keladi. Bir o‘ylab ko‘raylik, yuqorida qayt etilgan xislatlar mujassam bo‘lgan erkak kishida qanday qilib unda mustahkam ishoncha va iroda bor deyish mumkin. Meninmcha bu afandining yangi latifasidan ham kulgili bo‘lsa kerak. Lekin biz bu latifani eshitib kulish emas yig‘lashimiz kerak.

Hissiyotlarni jilovlay olmaslik.
Haqiqiy erkak kishi doim hissiyotlarini jilovlay olishi bilan haqiqiy erkak hisoblanadi, shu tomonlama ham ayollardan farqimiz bor. Yevropalik olimlar fikricha: hissiyotlarini boshqara olmaydigan erkakar “dating” payt juda ko‘plab muammolarga duch kelishini ko‘p marotaba tajriba qilishgan, yayoni o‘zimzing madaniyatimizga taqqoslaganda ko‘proq chimildiqdagi birinchi lahzaga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, erkak birinchi marotaba a’loqa qilayotgan paytida o‘z hissiyotlarini boshqara olmasligi natijasida ko‘plab muammolarga duchor bo‘ladi. Hozirgi kunda ko‘plab yangicha va hunuk odatlar juftliklar o‘rtasida paydo bo‘lib qolgan, bunga sabab erkak o‘z hissiyotlarini jilovlay olmay, dominantlikni ayol kishiga berib qo‘yishidir.

Ayol kishiga bo‘lgan qiziqish kun sayin ozayib boradi.
Olimlar tajribada shuni aniqlashdiki: uydan yolg‘iz o‘tirib olib onanizm bilan shug‘ullanadigan erkaklarning qarama-qarshi jinsga bo‘lgan xirslari yemirilib boradi. Ko‘proq lazzatni a’loqa qilganda emas balki onanizm qilganda oladigan bo‘lib qoladi. Misol uchun pornografik video ko‘rib juda lazatlanishi avjiga chiqadigan yigitlar ayollar bilan aloqa qilishga kelganda mushukni ko‘rgan sichqondek bo‘lib qolishadi. Albatta pornografik video bilan real aloqa orasida 360 gradus farq bor. Bir o‘ylab ko‘raylik kim mag‘lub, kim g‘olib. Videoda ayolni rohatlantirib yumalatib qo‘ygan erkak g‘olibmi yoki uni uyda hech kim yo‘qligida tomosha qilib onanizm qilgan foydasiz erkakmi? Javob oson bu yerda mag‘lub bu uydagi erkak, u har doim mag‘lub chunki u kun sayin o‘z sog‘lig‘ini, kelajagini tugatayabdi. Lekin o‘zbek ayollarining sabriga va foydasiz turmush ortog‘ining qiliqlarini doim yashirib kelishlarga tasanno aytmay iloj yo‘q.

Haqiqy erkak.
Haqiqiy erkak kishi doim olg‘a intiladigan, hayotda hamma narsalarga erishish uchun tinimsiz mehnati qiladigan va bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklarga bardosh beradigan insondir. Uydan berkinib o‘tirvolib hayosizlarcha onanizm bilan shug‘ullanadigan yigitlardi erkak deyish sal noto‘gri bo‘lsa kerak. Oila ayozolari yoki o‘rtoqlari ko‘rib, bilib qolishidan uyaladi, paskashning ishi. Erkakmisan erkakligincha qol, ertaga kimdur ismingni eshitsa oyoqlarigacha titrab ketsin. Bu hayotda biror narsaga erishib ket.

Andrology.uz

0 +1 -1
*** 2 недели oldin javob berdi

raxmat sizga katta 

Your Answer