Gijja

0 +1 -1
Посетитель сайта 5 месяцев oldin so‘radi

Gijjadan uy sharoitida qutulish yo’li bormi?

2 ta javob
0 +1 -1
Abdurahmon Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Umume’tirof etilgan usullar:

  1. Uch bo‘lak sarimsoqpiyozni bir piyola qaynatilgan iliq suv bilan nahorda ichiladi. Muolaja uch kun davom etadi.
  2. Dastarbosh giyohi, bo‘ymodaron, ermon va qalampirmunchoq aralashmasidan 1 osh qoshik olib, 1 litr qaynoq suvda damlaymiz. Har kuni ovqatdan oldin 3 mahal piyoladan ichiladi. Uch kun.
  3. Oshqovoq urug‘ini maydalab, 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal iste’mol qilinadi. Uch kun iching.
  4. Yarim litr sutni 2-3 bo‘lak sarimsoqpiyoz bilan qaynatib, 10 daqiqa tursin keyin sovutib iliq holatda kechkurun hukna(klizma) kiling. Davolash muddati bir hafta.

 

0 +1 -1
Usmonov Azamat Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Sedana ingichka gijjani va qovoq urug‘iga o‘xshash gijjalarni o‘ldiradi. Buning uchun uni har tong 5-6 donadan eb turish lozim.

  1.  Bo‘yimodaron  o‘simligining gullarini mayda qilib tuyib, unga teng miqdorda asal aralashtiring, har tong och qoringa iste’mol qiling.
  2. Ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino gijja haydashda yong‘oq po‘stlog‘idan tayyorlangan qaynatmani ichishni tavsiya etgan.
  3. Qora zira qaynatmasi ham bu dardga shifo bo‘ladi. Buning uchun bir osh qoshiq qora zirani yarim litr qaynoq suvga damlab, issiq holda bir soatga o‘rab quyasiz. Damlama tongda bir osh qoshiqdan ichiladi.
  4. Yong‘oqni ko‘proq iste’mol qilgan maqsadga muvofiq. U  gijja va qovoq urug‘isimon gijjalarni haydaydi.

 

Your Answer