Gepatit C

0 +1 -1
Nargiza 5 месяцев oldin so‘radi

Salom. Ukamda gepatit C aniqlandi. Yoshi 20da. Jigar, taloq, buyrak holati yaxshi ekan. UZIda aniqlandi. Virusni qonidan chiqarib yubortirilsa bo‘ladimi. Qanday vitaminga boy mahsulotlarni yeyishi kerak. Ovqatlanish menyusini ayta olasizmi? Shu haqida ma’lumot bersangiz. Rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Gepatolog Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Muhim a’zolarning UTT tekshiruvi yaxshi chiqganligi va ukangizning yoshligini hisobga oladigan bo‘lsak, Gepatit C ni butkul yo‘qotish mumkin. Lekin ukangiz doimiy ravishda mutaxassis (virusolog yoki gepatolog) maslahati va nazorati ostida bo‘lishi lozim. 
Endi bunday hollarda ovqatlanish tartibiga keladigan bo‘lsak, asosiy e’tibor jigarga yuklama tushmasligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Buning uchun ukangiz

  • Har qanday spirtli ichimliklar, dudlama va o‘tkir ziravorlar.
  • Yangi yopilgan non-bulka mahsulotlari.
  • Yog‘, tuxum qo‘shib qovrilgan xamirdan tayyorlangan yeguliklar (masalan, tort, pirog).
  • Konserva mahsulotlari va dorivorlar (xantal, qalampir, qalampirmunchoq), shuningdek, sirka, qiyin eriydigan va xolesteringa boy yog‘lar (tuxum sarig‘i, jigar, baliq moyi singarilar), juda sovuq taomlar (masalan, muzqaymoq va salqin ichimliklar) ni kam iste’mol qilish kerak.

Odatdagi boshqa oziqbop, vitaminlarga boy ovqatlarni, mahsulotlarni bemalol iste’mol qilishi mumkin. 

Your Answer