Gepatit B

0 +1 -1
Anonim 7 месяцев oldin so‘radi

Gepetit B naldan naslga o‘tadimi?
Bolalarim kasallanmasligi uchun qanday choralar qo‘llashim lozim?
Shu haqda ma’lumot bersangiz, rahmat.

Yuklanmoqda...

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 7 месяцев oldin javob berdi

Gepatit B nasldan naslga o‘tmaydi, lekin naslda kasallikka chalinish moyilligi ortadi. Bu degani bola Gepatit B kasalligi bilan tug‘iladi, degani emas. 
Bolani kasallikdan asrash uchun u tug‘ilganidanoq, 24 soat ichida gepatit B ga qarshi, shifoxona tomonidan emlanadi. Bu amaliyot barcha bolalarda o‘tqaziladi. Emlash 3 bosqichda emlash kalendari asosida olib boriladi. 
Ikki hamda to‘qqizinchi oyida chaqaloqda navbatdagi emlash amalga oshiriladi. Emlash kasallikni oldini olishning eng ishonchli usullaridandir!
Gepatit B haqida to‘la ma’lumot olishni istasangiz, saytimizdagi quyidagi maqolani o‘qishingiz mumkin:
Gepatit B. Sabablar, davolash va oldini olish.

Your Answer