Exinokokkni davolash

Savol — javobMavzu: TerapiyaExinokokkni davolash
0 +1 -1
M-Ali 5 месяцев oldin so‘radi

Assalomu aleykum.

Exinokokkni operatsiyasiz davolash (tushirib yuborish) yo’li bormi? Javob uchun raxmat.

10sm dan kattaExinokokkni?

3 ta javob
0 +1 -1
Abdusamat Mustanov Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Faqat jarrohlik usuli qo’llaniladi, chunki exinokokk aniqlangach uzoq muddat kutish, davolatmaslik yaramaydi. Zudlik bilan chora ko’rilishi lozim.  

0 +1 -1
Avitsenna.uz Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Qo’shimcha ma’lumot o’rnida:
 
Og‘ir parazitar kasallik hisoblangan exinokokkozning kistoz (pufakcha) va alveolyar (ko‘p uyali) turlari mavjud. Har ikkala turini ham tasmasimon gijjalar turkumiga kiruvchi biogelmentlar paydo qiladi.
Tabiatda exinokokkning kistoz turi ko‘p tarqalgan. U ichida gijja pufakchalarini, skoleks deb ataladigan lichinka boshchalarini saqlagan exinokokk suyuqligi bilan to‘lgan pufakdir. Pufakning devori bir necha qavatlar (tashqi – fibroz, ichki – xitin va germenativ)dan iborat. Tibbiyotda kistoz turi kam uchraydi, unga tashxis qo‘yish ancha qiyin.
Exinokokkozning har ikkala turi ham kasallik yuzaga chiqquncha bo‘lgan vaqtda ikki davrni o‘taydi. Birinchi davrida, asosiy sababchisi hamda egasi hisoblangan go‘shtxo‘r hayvonlar (masalan, mushuk, it, bo‘ri, tulki)ning ichagida tasmasimon gijja holida yashaydi, ikkinchi davrida esa oraliq egasi hisoblangan odam, qoramol yoki qo‘ylarning ichki a’zolarida pufakcha shaklida rivojlanadi.
YUQISH YO‘LLARI
Exinokokk gijjasining odamga yuqish yo‘li quyidagicha: avvalo, exinokokk bilan kasallangan hayvonning zararlangan a’zolarini go‘shtxo‘r hayvonlar yeganidan keyin, exinokokk pufagi ichidagi gijja lichinkasi boshchasi hayvon ichagining devoriga so‘rg‘ichlari bilan yopishib rivojlana boshlaydi va tasmasimon bo‘lib, uzunligi 5-6 millimetrga yetadi, 3-4 ta bo‘g‘indan tashkil topadi.
Gijjaning oxirgi bo‘g‘ini o‘zida bir necha yuzlab tuxumlarni yetiltirib, tanadan uzilib, najas bilan tashqariga chiqib turadi. Uzilib chiqqan gijja bo‘g‘ini mustaqil harakatlanish qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘simliklar poyasiga ham chiqadi. Tasmasimon gijja jinsiy yetilgan davrida 500-800 ta gacha tuxum ajratadi, bu tuxumlar ham hayvon najasiga aralashib tashqariga chiqadi.
Exinokokk gijjasi tuxumlari bilan ifloslangan suv, sabzavot, meva va ko‘katlarni odam iste’mol qilganda yoki o‘txo‘r hayvonlar yeganda tuxumlar ovqat hazm qilish yo‘liga o‘tadi. Me’daga tushgan gijja tuxumining ustki qobig‘i me’da shirasi ta’sirida erib, ichidan onkosfera deb ataladigan gijja lichinkasi ichak bo‘shlig‘iga chiqadi, ana shu vaqtdan boshlab exinokokkning ikkinchi davri boshlanadi.
Tuxumdan ajralib chiqqan lichinka ichak devorini teshib, qon tomir ichiga yoki limfaga o‘tadi, qon orqali tananing har qanday a’zosiga borib joylashishi mumkin. Ko‘pincha darvoza orqali jigarga, qon aylanish tizimi orqali o‘pkada o‘rnashadi.
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Zararlangan a’zoda, exinokokk lichinkasining keyingi hayoti boshlanib, finna deb ataluvchi pufakchaga aylanadi. Dastlabki davrlarda, pufakchaning diametri 1-2 millimetrdan oshmaydi, qariyb 5-6 oydan so‘ng diametri 2-3 santimetrgacha yetadi.
Pufakchaning ichki devorlari exinokokkning xususiy germenativ va xitin qobiqlaridan tashkil topadi, tashqi qobig‘i esa organizmning parazitga javoban reaksiyasi natijasida rivojlangan biriktiruvchi to‘qimali zich fibroz pardadan iborat bo‘ladi. Bu parda ya’ni exinokokk pufagining ichi suyuqlik bilan to‘la boradi, yillar o‘tgach u 10 litrdan ham ortishi mumkin.
Odatda, jigar exinokokkozi ham bir necha yillar mobaynida rivojlanadi va dastlabki davrlarda kasallik belgilari yashirin holda kechadi. Exinokokk pufagi kattalashgan sari biqin, ya’ni o‘ng qobirg‘a osti og‘rib, og‘riq yelkaga va belga o‘tadi, bemorning holi quriydi, tez charchab qoladi, nafasi qisadi, ishtahasi yo‘qoladi, zardasi qaynaydi, ko‘ngli aynaydi, qusadi, ozib ketadi va badaniga eshakem toshadi.
Ko‘pincha exinokokk pufagi kattalashib o‘t yo‘llarini ezib qo‘yishi natijasida safro dimlanib qoladi va har xil darajadagi sariqlik paydo bo‘ladi. Bordiyu, exinokokk pufagi o‘pkada joylashsa, o‘sib kattalashganda bemorning borgan sari nafasi qisadi, quruq yo‘taladi va ko‘krak qafasi sanchib og‘riydi.
DAVO USULLARI
Exinokokkozni davolash usuli hozirgi kunda, faqat bitta, u ham bo‘lsa, jarrohlik yo‘li bilan parazit pufak butunlay olib tashlanadi. Exinokokk o‘z vaqtida olib tashlanmasa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jigar yoki o‘pkada joylashgan exinokokk pufagi kattalashib yorilib ketsa, bemorda anafilaktik shok rivojlanishi va bemor hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Bordiyu, a’zo ichida nobud bo‘lgan pufakcha yiringlab ketmasa, unga ohak tuzlari o‘tirib bujmayib qoladi. Kasalliking bunday yakunlanishi bemor uchun yaxshi oqibat hisoblanadi.
Oxirgi vaqtlarda, shahar aholisi orasida ham exinokokkozga chalingan bemorlar uchramoqda. Bunda kasallik ularga daydi itlar orqali, exinokokk tuxumlari bilan ifloslangan sabzavot, meva va oshko‘klarni iste’mol qilganda yuqishi mumkin. Shuning uchun ham bozordan xarid qilingan poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib, keyin tanovul qilish lozim.
Exinokokk gijjalar atrofga tarqalishining oldini olish maqsadida qushxonalarda va uylarda so‘yilgan hayvonlarning kasallangan a’zolarini kuydirish, daydi itlarni yo‘qotish kerak.
Uyda boqilayotgan it, mushuk va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlarni veterinariya tekshiruvidan o‘tkazib, lozim topilsa, gijjasini tushirish tadbirlarini amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Maqolaga doimiy havola: http://avitsenna.uz/exinokokkoz-qanday-kasallik/

0 +1 -1
Abduqodir Sattorov Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Qo’shimcha ma’lumot o’rnida:
 
Exinokokk ham yassi chuvalchanglar tipining lentasimon chuvalganglar sinfiga masub bo‘lib, shu sinfning boshqa vakillaridan o‘zining tuzulio‘i va taraqiyoti bilan farq qilinadi.Exinokokk o‘z taraqiyotida lichinka davrini maxsus pufak ichida joylashgan. Qizlik pufakchalar tarzida o‘tkazadi. Bular donador shaklda bo‘ladi.
Tuzulishi:
Exinokokkning yetilgan lentasimon shakli itlar, bo‘rilar, tulkilar va ba’zan mushuklarnig yetilgan lentasimon shaklining uzunligi 2-6 mm atrofida bo‘lib, boshqalardan shu bilan ham farq qiladi. Exinokokkning finnoz davri esa , aksincha, olmadek, bolaning boshidek, ba’zan haddan tashqari katta-16-20 kg gacha bo‘ladi. Exinokokk tanasi ham lentasimon boshqa yassi chuvalchanglardagi kabi, skoleks, yetilgan germafroditik va yetilgan proglottidalardan iborat. Exinokokkning skoleksida 4 dona yopishg‘ich moslama, xartum, nihoyat xartumida 2 qator joylashgan ilmoqlari bor. Skoleksidan so‘ng hammasi bo‘lib 3ta yoki 4ta proglottidalar joylashgan bo‘lib, bularning oldingi qismlari yetilmagan, orqa qismlari yetilgan bo‘ladi.
Oxirgi-yetilgan proglottida boshqa proglottidalardan uzun bo‘ladi. Eni esa 0,5-0,6 mm. Yetilgan proglottidalarda qisqa-qisqa shoxlangan bachadon bor. Bachadon esa urug‘langan tuxumlar bilan to‘lgan va bo‘ladi. Exinokokkning lentasimon shaklidagi organlar va a’zolar: hazm, ayiruv organlari, nerv sistemasi va nafas olish organlari ho‘kiz soliteridagidek tuzilgan.
Exinokokkning otalangan tuxumli yetilgan proglottidasi asosiy xo‘jayin- itlar, bo‘rilar va tulkilarning ingichka ichagidan axlat bilan tashqariga chiqadi. Tashqi muhitda suvda, o‘tga, yerga tushishi natijasida qoramolga, ot, cho‘chqa va boshqa hoyvonlar hamda odamga o‘tadi.
Yuqishi:
Asosiy xo‘jayinlaning anusi atrofi ifloslanadi, ularning iflos yerga yotishi, ag‘anashi natijasida terisining juni ham ifloslangan bo‘ladi. Binobarin mazkur hayvonlarni ovlash, terisini shilish, jasadini yorishda kasallikning yuqish havfi yanadi ortadi. Exinokokkning yetilgan tuxumlari yuqoridagi usullar bilan yoki suv, ko‘katlarni iste’mol qilish natijasida oraliqxo‘jayinlar-odam, tuyoqli xayvonlar, qoramollar organizmiga o‘tadi va finnoz davrini mazkur organizmlarda kechiradi. Odamlarga bu kasallik aksariyat itlar bilan kontaktda bo‘lish (ularni siypalash, ularni uy jihozlariga yaqinlashtirish va boshqalar) natijasida yuqadi.
Oraliq xo‘jayinning oshqozon-ichak sistemasiga tushgan tuxumlarning ustida pardasi erib ketadi. Buning natijasida lichinkaning boshlang‘ich shakli-onkofera chiqadi. Onkosfera esa ichak epitelial qavatini yorib o‘tadi va qon, limfa suyuqliklari orqali ichki organlarga, avvalo jigar, o‘pka, ba’zan yurak ko‘mik va orqa miyaga ham o‘tishi mumkin. Bu organlarda onkosfera yetila boshlaydi va alohida pufakka o‘ralgan holda o‘sadi. Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkariga qayrilgan ilmoqchali shakllar hosil bo‘la boshlaydi.
Exinokokk pufagi juda sekin o‘sishi bilan xarakterlanadi. Avvalo lichinkadan 1 dona pufak xosil bo‘ladi. Bu pufakning devori 2 qavatdan iborat. Tashqi qavati xitin qabilida bo‘lib, qatlam-qatlam holda, ichki qavati esa parenximatik tarzda tuzilgan, bu qavat etli qavat ham deyiladi. Mazkur qavatning ichi sarg‘imtir rangli suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Pufakning o‘sish (germinativ) qavati hisobiga tashqi, ekzogen va ichki –edogen qizlik pufaklari hosil bo‘ladi. Bu pufakchalarning
ichida esa yana qizlik (nabira) pufakchalar hosil bo‘la boshlaydi. Ko‘pchilik hollarda bu pufakchalar exinokokk pufagining ichki sathiga qarab o‘sadi. Exinokokk ko‘pincha jigarda,o‘pka va buyrakda, kamdan kam xollarda ko‘mik-ilik va bosh miya ,ba’zan ichak devorlarida uchrashi mumkin.
Exinakokk pufagi qaysi organda taraqqiy etayotgan bo‘lsa,o‘sha organning roli va xizmatiga qarab har-xil belgilar paydo qiladi,ko‘pchilik xollarda shu organning kichrayeb qolishiga olib keladi,uning funksiyasiga putur yetkazadi.Exinakokk pufagining yorilib ketishi xayot uchun xaflidir.
Asosiy ho‘jayinlari
Exinakokklarni asosiy xo‘jayinlari asosan daydi itlar, chiya bo‘rilar, tulkilar, bo‘rilar va boshqalarga kasallik xayvonlarning o‘limtigidan, xususan ichki a’zolari; jigar, o‘pka, buyrak va taloqlaridan o‘tadi, lichinkalar ularning ingichka ichagida voyaga yetadi.
Exinakokk kasalligi- exinokokkoz deyiladi. Exinakokkni aniqlashning (diagnostikasining) 1 necha metodlari bor.
Avvalo kushxonalarda so‘yilgan hayvonlardan olinib, so‘yilgan hayvonlardan olinib, suyultirilgan (kuchsizlantirilgan) maxsus exinokokk suyuqlig‘i oz miqdorda bemor bilagining terisi orasiga yuboriladi. Katsoni reaksiyasi deb shunga aytiladi. Agar bemor organizmida exinokokk bo‘lsa, organizm sezuvchanligining o‘zgarib qolganligi tufayli 1 necha minutdan so‘ng teri tangachadek qizarib chiqadi.
Bundan tashqari bilak venasidan qon olib, komplementni bog‘lash reaksiyasi (RSK) qo‘yiladi. Bu reaksiyani Veynberg 1 chi qo‘llagan. Bulardan tashqari bemorning qonini tekshirish alohida ahamiyatga ega. Qonning shaklli elementlarida bir qadar o‘zgarish, ya’ni eozinofiliya holati uchraydi.O‘pka, suyak exinokokkozlarini esa rengen yordamida ham aniqlash mumkin.
Kasallikni tarqalishi:
Kasallikning tarqalishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, ayniqsa veterinariya muassasalarida, go‘sht kombinatlarida exinokokk kasalligiga uchragan hayvonlarning aniqlanmay qolishi, ularning ichki a’zolarini itlarga tashlash hollari, itlar va boshqa hayvonlarga yaqin yurish kasallik yuqishiga olib keladi.
Etiologiyasi:
Bu kasallikni Echinococcus grandulosis deb ataladigan gijjaning lichinkasini qo‘zg‘atadi. Bu lichinka 1 kamerali pufakdan (Echinococcus unilocularis) iborat bo‘lib, uning diametri 1dan 50 mm gacha boradi. Pufakning devori 2 qavat pardadan iborat. Har 1 ta pufakchada suyuqlik va 100 ga yaqin gijja bolachasi bo‘ladi.
Epidemilogiyasi.
Exinakokkoz perronal zoonoz biogelmintozdir. Bu gijjaning oxirgi xo‘jayni va invaziya manbai uy itlari, bo‘ri, bo‘rsiq va shu kabi hayvonlardir.
Qora molllar, echkilar, ot, eshaklar va odam gijjaning oraliq xo‘jaynidir. Bu gijja odamga kuchuklar, qo‘ylar bilan kontaktda bo‘lishi natijasida yuqadi. Bu hayvonlarning terisi, junida juda ko‘p miqdorda gijja tuxumlari bo‘ladi. Exinakokkoz pishirilmagan sabzavot, xo‘l mevalar iste’mol qilish oqibatida ham yuqadi. O‘rta Osiyo respublikalarida, Sibirda uchrab turadi.
Patogenezi va patanatomiyasi:
Og‘iz orqali oshqozon va ichakka tushgan gijja tuxumidan ajrab chiqqan onkosfera ichak devoridan o‘tib, qonga tushadi va qon orqali jigarga boradi. Jigarda onkosferalarining ko‘pchiligi ushlanib qoladi, va faqat 1 qismiginasi qon orqali boshqa organlarga (o‘pka, bosh miya, buyrak, yurak va boshqalar) yetib boradi. Bu organlarda sekin asta lichinka-exinakokk rivojlanadi. Exinakokk 5-6 oydan so‘ng 2-40-mm gacha kattalashadi. O‘pkada joylashgan exinakokk 20-25 sm gacha katta bo‘lishi mumkin. 5-6 oydan so‘ng lichinka fibroz kapsula bilan qoplanadi. Exinakokk joylashgan organda eshilish natijasida turli simptomlar payda bo‘ladi. Ba’zan exinakokk xalok bo‘lishi va ikkilamchi infeksiya kirish natijasida abssess rivojlanishi mumkin. Kasallikning rivojlanishida parazitdagi modda almashinuv natijasida xosil bo‘ladigan me’dda bo‘litlarga nisbatan sensibilizatsiya xolati yuz beradi. Ba’zan exinakokk pufagining yorilishi natijasida anafilaktik shok sodir bo‘ladi. 2 chi tomondan, yorilgan pufakdan chiqqan bolacha parazitlar organizmga tarqaladi va boshqa organlarda exinakokklar rivojlanadi.
Klinikasi:
Bu kasallik simptomlari sekin asta rivojlanadi. Odatda gijja yuqqandan so‘ng 1 necha yil o‘tgach 1 chi simptomlar paydo bo‘ladi. Faqat ba’zi bemorlardagtna tinka qurish, bosh og‘rig‘i, eshakkemi toshishi, vaqti-vaqti bilan xarorat ko‘tarilishi kuzatiladi. Jigar exinakokkokozi eng ko‘p uchraydi. 3ta stadiyasi ajratiladi: 1-latent davri gijja yuqqandan to 1 chi simptomlar paydo bo‘lgunga qadar davom etadi. 2 chi davri-kasallik simptomlari paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Bemorning ishtahasi yo‘qoladi, tinkasi quriydi, boshi og‘riydi, ozib ketadi, subfebril harorat bo‘ladi. Ba’zan badanda allergik toshmalar toshadi va qichashadi.bulardan tashqari qorin og‘riydi, o‘ng qobirg‘a ostida og‘irlik seziladi, bemorning ko‘ngli aynib qayt qiladi, ichi buziladi. Jigar kattalashadi, ushlaganda qattiq tuyuladi. Asosan uning o‘ng bo‘lagi kattalashadi. Exinakokk pufagi jigarning oldi va pastida doylashgan bo‘lsa, palpatsiya qilinganda qo‘lga ilinadi. Yumaloq, katta va elastik o‘sma aniqlanadi. 3-davri. Bu davr turli asoratlar rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Ular quyidagilar:a) exinakokk pufagi yiringlab, jigar absessi rivojlanadi, absessi yorilib, qorin bo‘shlig‘iga, plevra bo‘shlig‘iga, oshqozonga, ichakka, bronxga tushadi; b) yallig‘lanmagan exinakokk pkqagi yorilishi natijasida qator allergik reaksilar paydo bo‘ladi. Ba’zan shok yuz berashi mumkin. Pufak yorilganda exinakokkoz boshqa organlarga xam tarqaladi; v) exinakokk pufagi v. porta ni va v. cava infeerior ni siqib qo‘yadi. Natijada shu holatga xos qator simptomlar tashqarisidagi o‘t yo‘llarini qisib qo‘yadi va obturatsion sariqlik paydo bo‘ladi. Gemogrammada eozinofiliya va ECHT ning tezlashgani aniqlanadi.

Your Answer