Boshda kuchli og‘riq

Savol — javobMavzu: NevropatalogiyaBoshda kuchli og‘riq
0 +1 -1
Otabek 25 yosh 7 месяцев oldin so‘radi

Assalomu aleykum! Ismim Otabek. Yoshim 25 da.
Turmush o‘rtog‘im 25 yoshda. 3 oylik chaqalog‘imiz bor. Oiladagi kelishmovchiliklar va meni injiqliklarim tufayli u ko‘p siqildi. Va doimiy boh og‘rig‘ini ortirib oldi. Ikki kun ilgari janjallashib turganimizda birdan boshini ushlab yerga yotib qoldi. Hushini yo‘qotdi. Tili orqaga ketib qoldi.  Nafas olmay qoldi. Og‘zini ochib tilini tortganimdan keyin o‘ziga keldi. Shundan keyin miyyasi sanchib qolyapdi.
Yosh bo‘lganim uchunmi bunaqa bo‘lishini o‘ylamadim. U shu ahvolga kelganda butun hayotim ko‘z oldimdan o‘tdi. Uni naqadar sevishimni tushindim. Endi uni hech qachon asabiylashtirmiman. Faqat o‘shandan beri bir savol hayolimdan ketmaydi. Nimaga hushidan ketdi? Nimaga boshi sanchib qolyapdi? Boshida o‘sma paydo bo‘lmadimikan ish qilib? Bu savol ikki uch kun ichida ancha umrimni qisqartirdi.
Savolim: Shunaqa bo‘lishi mumkunmi? Shifokorga bormasdan shunarsa bor yo‘qligini bilish imkoni bormi?
Javob uchun  oldindan raxmat.

Yuklanmoqda...

Your Answer