Boshdagi bosim

0 +1 -1
abduxoliq 7 месяцев oldin so‘radi

Menda boshda bosim, qon aylanishi yaxshi emas, shamollash bor. Bir kurs lechena oldim, ammo ozgina tuzaldim shunga sizlardan iltimos shu kasallikni yengillashtiradigan dorimi yoki mevalardanmi foydalanib turishim kerak. Shifokorga hozircha imkon yo’q iltimos.

1 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 6 месяцев oldin javob berdi

Yengil jismoniy mashqlarni qiling. Bu qon aylanishini yaxshilovchi eng yaxshi vositalardandir.
Va shamollashni bartars qilish uchun esa quyidagi sinalgan uslubdan foydalanishingiz mumkin.  Sanjar Said ma’lumoti:
«Mahallamizdagi dala do‘koniga borib, bir kilogramm qora turp sotib oldim.
Internetda yozilganiday uning tepasidan qopqoqsimon kesib olib, ichini o‘ydim va asal solib, “qopqoq”ni yopib qo‘ydim. Alohida kosaga esa turp ichidan olingan mayda bo‘laklarni kubiksimon qilib to‘g‘rab, unga ham asal (bitta turpga uch-to‘rt osh qoshiq asal qo‘shdim) aralashtirdim va birgalikda issiqroq joyga qo‘ydim.
Oradan besh-olti soatcha vaqt o‘tganidan keyin turpning suvi chiqib, tashqariga ham toshib ketayotganini ko‘rdim. Demak, tayyor. Kosada ham turp suvi to‘lib turgan ekan. Suvni sizib olib, o‘zim va oilam bilan kuniga uch mahal bir osh qoshiqdan (o‘zim borey, deb ikki qoshiqdan) ichdik. Qora turpning ta’siri darhol sezildi. Bir kunda yo‘tal yumshagan bo‘lsa, ikki-uch kunda undan asar ham qolmadi. Aytgancha, bitta turp uch kishining tuzalishiga kifoya qildi.
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, qora turp po‘stlog‘ini archib, mayda kubiksimon to‘g‘rab, asalga aralashtirilganda ko‘proq suv olish mumkinligini aytmoqchiman.
Qora turpni Farhod bozorida 5 ming so‘mdan sotishayotgan ekan (dala do‘konimizda esa 2,5 ming). Toza asalni topish ham muammo emas har holda.
Internetda “qora turp” deb qidiruvga bergandim, uning shifobaxsh xususiyatlariga bag‘ishlangan bir olam ma’lumotlar chiqib keldi. Yo‘tal, ko‘krak shamollashi, tomoq og‘rig‘idan tashqari, ichaklar faoliyatiga samarali ta’sir qilib, tanadan ortiqcha xolesterinni chiqarib tashlashga ko‘maklashar ekan. Uni emizikli ayollar iste’mol qilsa, sutni ko‘paytiradi. Bargi, bargining suvi esa jigar to‘qimalarini ochadi. Qora turp og‘riq qoldirish, peshob haydash xususiyatiga ega. Bod, miozit, nevralgiya kabi xastaliklarni davolashda qo‘l keladi. Xullas, tabiatning o‘zi tabib, deyishadiku.»

 

Your Answer