Badan qichishishi

Savol — javobMavzu: DermatologiyaBadan qichishishi
0 +1 -1
машрабжон 5 месяцев oldin so‘radi

Badan qichishyabdi,  2 kundan buyon qashlasam mayda-mayda qizil toshma toshyabdi.

Yordam bering, iltimos.

0 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Birlamchi ehtimollik neyrodermit.
Neyrodermit – teriga toshmalar toshishi, allergiya, qichishish bilan namoyon bo‘ladigan surunkali kasallik. U ayrim oziq mahsulotlari, uy changi, o‘simlik changi, terining qurib qolishi, irsiy moyillik, ruhiy zo‘riqishlar, infeksion kasalliklar  oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Allergiya oqibatida terida qizarish, qichishish, achishish paydo bo‘ladi. Qichishish kasallik rivojlanayotganligining asosiy belgisidir. Kasallik goh qo‘zg‘ab, goh tinchlanib turadi. Tinchlik davrida kasallikning hech bir belgisi bemorni bezovta qilmaydi.
Neyrodermit
 

Davolash allergolog shifokor tomonidan bemorda kasallik kechishini yengillatish va uzoq muddatga to‘xtatish orqali olib boriladi. Bu kasallik bilan og‘riganda terini tirnashdan (qashish), quruqlanishidan saqlanish, toza paxtali kiyimlardan, ko‘rpalardan foydalanish, shifokor tomonidan tavsiya etilgan kortikoidli, antigistamin va immunitetni ko‘taruvchi dori-darmonlarni o‘z vaqtida qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Neyrodermit

Your Answer