Ayollarda mioma

Savol — javobMavzu: GinekologiyaAyollarda mioma
0 +1 -1
гули 5 месяцев oldin so‘radi

Ayollarda mioma kasalligining kelib chiqish sababi nimada? Javob uchun oldindan raxmat.

0 ta javob
0 +1 -1
Urazbaev Mansur Muallif 5 месяцев oldin javob berdi

Qo’shimcha ma’lumot o’rnida atf.uz saytining quyidagi maqolasini o’qishingiz mumkin:
Yaqin kunlargacha ayolga bachadon miomasi tashxisi qo‘yilsa, «unda saraton jarayoni boshlandi» deb ta’kidlanib, miomani keltirgan shishlar bachadon bilan birga olib tashlanar edi. Lekin 90 yillarga kelib bu kasallikka, ya’ni bachadongagi shishlarning paydo bo‘lishiga oddiy ortiq kabi qaraladigan bo‘ldi. Bu shishlar saraton boshlanishiga olib kelmasligi isbotlandi.
Undan tashqari oldin bachadon miomasi ayollarning 30% uchragan bo‘lsa, hozirgi kunda 30 yoshdan oshgan ayollarning 80% da bachadon miomasi kasalligi mavjudligi aniqlandi.
Bachadon miomasi ko‘pincha simptomlarsiz o‘tadi. Shuning uchun ko‘pchilik mioma mavjudligi haqida bexabar bo‘ladi. Bachadon miomasi ko‘p tuqqan va bolasini emizgan ayollarda kam uchraydi.
Bachadon miomasi kelib chiqishiga nima sabab bo‘lishi mumkin?
Ayolning gormonal foni normada emasligi (estrogenlarning ko‘pligi, progesteron ishlab chiqilishi sustligi va hokazo);
Bachadon miomasi asta-sekinlik bilan bachadonda juda kichik shishlarning paydo bo‘lishidan boshlanadi. Bu shishlarning rivojlanib ketishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatishi mumkin:

  • Abort;
  • Hayz kelish muddatlarining buzilishi;
  • Adenomioz;
  • Ayol organizmidagi gormonal buzilishlar;
  • Yurak-tomir tizimining ayrim kasalliklari;
  • Anemiya;
  • Ortiqcha semirish;
  • Jarrohlik aralashuv (bachadonni tozalash, bachadon operatsiyasi);
  • Endometrioz.

Bachadon miomasini qanday aniqlash mumkin?
Ultratovushli diagnostika (UTD) orqali miomani keltirib chiqaruvchi bachadondagi kichik shishlarni aniq diagnostika qilish mumkin. Bunda shishlar tufayli bachadon hajmi o‘zgargani uchun shishlarni razmeri hafta bilan o‘lchanadi. Ya’ni homilaning nechanchi haftasiga shishlar rameri mos kelishiga qarab «7-8 haftalik» yoki o‘tib ketgan hollarda «12 haftalik» shish deb ataladi. Shishlarni hali o‘smasdan turib diagnostika qilish uchun ginekologga muntazam ravishda qatnash lozim.
Bachadon miomasini davolash usullari:

  • Dori yordamida davolash;
  • Bachadon arteriyalarini embolizatsiyalash (bachadondagi shishlarni qon bilan ta’minlovchi yo‘lni yo‘q qilish)
  • Shishlarni konservativ yo‘q qilish (laporoskopiya);
  • Kuchli ultratovushli davolash;
  • Bachadonni olib tashlash.
  • Vaqtida aniqlangan razmeri 2 2.5 sm dan oshmagan bachadon shishlarini oddiy gormonal davolash bilan yo‘q qilish mumkin. Shuning uchun kasallikni o‘tkazib yubormaslik uni davolashda yengillik yaratadi.

Bachadon miomasini oldini olish uchun:

  • Yilda bir marta bachadonni UTD qilish lozim;
  • Kichik bo‘lsada shishlar aniqlangan holda darhol davolanish;
  • Muntazam ravishda ginekolog ko‘rigida bo‘lish.

Your Answer