Allergiyani davolash

Savol — javobMavzu: AllergologiyaAllergiyani davolash
0 +1 -1
Dildora 6 месяцев oldin so‘radi

Assalomu alaykum. Juda ham zo‘r sayt ekan. Hamma savollarga erinmay javob yozishizga havasim keldi. O‘ylimanki, mani ham savolim javobsiz qolmaydi. Manda may oyining oxirlaridan boshlab o‘z o‘zidan allergiya boshlanadi, tinmay 3-4 marta aksiraman burnim suvdek oqadi, ko‘zim qichishib, tomog‘im achishadi. Iltimos uy sharoitida allergiyani davolasa bo‘ladimi. Yaqinlarim burun uchun «Nosabek» tomizishimni maslahat berishyapti. Siz bunga nima desiz. Javob uchun oldindan katta rahmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Best Answer
Urazbaev Mansur Muallif 4 месяца oldin javob berdi

Sizda mavsumiy allergik rinit kuzatilmoqda. Allergik rinitning asosiy belgilari – burun bo‘shlig‘ining qichishish va ta’sirlanishi, aksirish va burundan nazla kelishi, ko‘pincha burun bitishi bilan birga, shuningdek, tomoq qitiqlanishi, ko‘zlar va ko‘z shilliq pardasining qichishishi, yosh oqishi va ko‘z sohasining shishishi bilan ham kuzatilishi mumkin. Mavsumiy allergik rinitning sababi – o‘simlik changchisi.
Sizdagi allergiya ham aynan qaysidir o’simlik changi bilan bog’liq.
Allergologlar ham bu holatda ancha qiynalishadi, chunki davolash ancha qiyin.
Shun sababli quyidagi tavsiyalarni berishadi:
O‘simlik changi allergenlari bilan kontaktni yo‘q qilish choralari.

  • havosida katta miqdorda allergen (o’simlik changi) bo‘lgan hududlardan uzoqlashish;
  • deraza va eshiklarni zich yopish
  • avtomobillarda himoya filtridan foydalanish
  • tashqarida ko‘zoynak taqib yurish kerak.

Mavzuga aloqador bo’lgan saytimizdagi quyidagi maqolani ham o’qib chiqing:
http://avitsenna.uz/allergik-rinit/
http://avitsenna.uz/allergik-rinit-2/
Siz aytgan doriga keladigan bo’lsak, dori mavsumiy allergik rinitda foydalaniladi, lekinqo’llash mumkin bo’lmagan hollar ham ko’p, shuning uchun vrach bilan maslahatlashishingiz lozim.
Ma’lumot o’rnida quyida «НАСОБЕК» yo’riqnomasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
https://health.mail.ru/drug/nasobec/

Your Answer