Tadqiqot: Saraton rivojlanayotganligi haqida xabar beruvchi omil aniqlandi

Kopengagen universiteti olimlari onkologik xastaliklarni yo‘g‘on ichak to‘qimalarida GalNAc-T6 fermenti mavjudligi bilan bog‘lamoqda. Tadqiqot natijalari Journal of Biological Chemistry jurnalida chop etildideb yozmoqda “Daryo.uz” nashri “RIA Novosti” axborot agentligi axborotiga asoslanib.

Olimlar ushbu ferment sog‘lom to‘qimalarda bo‘lmasligi, biroq saraton o‘smasi hujayralarida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lishini aniqladi.

GalNAc-T6 shakar molekulalarini ma’lum bir oqsillarga biriktirish orqali sog‘lom hujayralarni saraton hujayralariga aylantirish jarayonini ishga tushiradi. Bu esa, o‘z navbatida, hujayralar tuzilishini o‘zgartiradi va ularning agregatsiyasini (yopishib qolishi) chaqiradi.

Olimlar shakar molekulalarining ma’lum bir oqsillarga birikishi qay tarzda organizm hujayralarining anomal rivojlanishiga olib kelishini aniqlashi zarur.

Ushbu maqolani o‘qing: Saraton — ruhiyat iztirobi natijasi

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

2 ta izoh

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close