Sara savol-javoblar

Qalqonsimon bez yallig‘lanishi haqida ma’lumot kerak edi. Shu haqda ma’lumot bersangiz?

  • Qalqonsimon bez ko‘pincha autoimmune yallig‘lanadi. Organizmning immune hujayralari o‘z hujayralarini tanimay qoladi va unga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Bezning normal tuzilishini sekin-asta buza boshlaydi. Bu jarayonlar dastlabki yillarda belgisiz kechishi mumkin. Lekin jarayon surunkali kechadi. Kasallikning rivojlanishida irsiy moyillikning ahamiyati katta. Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq kasallanishi aniqlangan. Va 20-50 yosh oralig‘ida ko‘proq uchraydi. Ba’zan bolalar va qariyalar ham kasallanishi mumkin. Organizmdagi yuqumli kasalliklar, radiatsiya, ekologik o‘zgarishlar shundoq ham nuqsonli bo‘lgan immune hujayralariga turtki berib yuboradi. Organizmga tushayotgan ortiqcha yod ham bu kasallik rivojini ta’minlab beradi. Kasallikni o‘z navbatida bir qancha turlari ham bor. Shunga ko‘ra klinik belgilari ham farqlanadi. Bez kattalashishi yoki kichiklashib borishi mumkin. Ayrim hollarda normal ko‘rinishda bo‘lib yashirin kechadi. Bemorlarning shikoyatlari bo‘yni qisilayotganidan, hansirash, yutishni qiyinlashuvi va bo‘yindagi og‘riqlardan bo‘ladi. Bez kattalashgan hollarda gormonlar ko‘p ishlab chiqariladi. Natijada bemorlar yurakning tez urishidan, ko‘p terlash, qon bosimining oshayotganligidan shikoyat qilishadi. Bezlarning kichrayishida esa gormonlar miqdori kamaya boradi. Bemorlarda holsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, xotira pasayishi, tez charchash kuzatiladi.Bunda tashqari qalqonsimon bezning autoimmune yallig‘lanishi boshqa autoimmune kasallikning bir qismi ham bo‘lishi mumkin. Ularga Shegren sindromi, qizil yugurigi, revmatoid artrit, pesnitsioz anemiya kabilar kiradi. Davolashda bemorda kuzatilayotgan o‘zgarishlar, yondosh kasalliklar va boshqa belgilar inobatga olingan holatda kompleks davo o‘tqaziladi.

Nazokat Rahmonberdiyeva.

 

Do‘stimning tishi tulab, yemirilib to‘kilyapti. 20 yoshda. Bunday hol biror vitamin yetishmovchiligidanmi?

  • Do‘stingizning tishlaridagi o‘zgarishlar asosan kalsiy moddasining yetishmovchiligidan bo‘lishi mumkin.

Feruza Jo‘rayeva.

 

Axlat qoraygan bo‘lsa, bu nimaning belgisi? Iltimos tovliqroq ma’lumot beringlar.

  • Bunda bir holatga ahamiyat berish kerak. Najas odatda ba’zi bir oziq mahsulotlari va dori vositalari oqibatida qora rang yoki boshqa ranglarda ham bo‘lishi mumkin. Lekin najasning doimiy qoraligiga oshqozon va ichaklardan qon ketayotganligi sabab bo‘lishi mumkin. Agar bu holat ya’ni uzoq muddatdan beri axlatning qora kelayotganligi kuzatilayotgan bo‘lsa, shifokor gastroenterolog qabuliga boring. Tegishli choralar ko‘rilishi lozim.

Mansur Urazbayev.

 

 

 Savollarga javoblar Facebook’dagi «Dnk.uz» guruhimizdagi hamkor mutahassislar tomonidan berildi. Bu guruhda siz ham o‘z savollaringizni qoldirishingiz va ularga malakali mutahassislardan javoblar olishingiz mumkin. Guruhga Facebook.com/dnk.uz va Dnk.uz havolalari orqali o‘ting!

Yuklanmoqda...

2 комментария

  1. SAVOL VARIXOZ KASALIKI NIMADAN PAYDO BOLADI

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*