Sara savol javoblar. Yangi loyiha Dnk.uz

16 yoshli ukamda revmotologik poliartrit tashxisi qo‘yildi. Bu kasallikning davosi bormi? Uni davolash uchun kimga murojaat qilish lozim?

Revmotologik poliartrit tizimli kasalliklardan bo‘lganligi uchun yirik bo‘g‘imlardan tashqari mayda bo‘g‘imlari ham shikastlangan bo‘lishi mumkin. Agar, bu kasallikning alomatlari sezilgach (bo‘g‘imlardagi shishlar, nomutanosib qiyshayishlar) va kasallikka aniqlangach tegishli davo choralari qo‘llanilmasa, oyoqlarning shakli va funksiyasi buziladi (chegaralanadi).  Revmotologik poliartrit bilan og‘riganlar muntazam revmatolog shifokor nazorati ostida davolanishi kerak. Dard avj olganda — bo‘g‘imlarda shish kuzatilganda shifoxonada yotib davolanish shart.

Yoshim 24 da negadir sochlarim kundan kunga oqarib boryapti. Bunga nimalar sabab bo‘lishi mumkin?

Soch oqarishi kasallik emas, erta yoki kech sodir bo‘luvchi fiziologik jarayon. Agarda sochlarda 30 yoshgacha oq tolalar paydo bo‘lsa, u erta oqarish hisoblanadi. Eng asosiy ahamiyat berish kerak sochlarning oqarish muddati va miqdori irsiy omilga bog‘liq. Yani qarindoshlaringiz ichida oq sochlilar bo‘lsa, sizda ham shu jarayon kuzatilmoqda. Bundan tashqari soch oqarishiga quyidagi omillar ham sababchi bo‘lishi mumkin, ekologik muammolar, uzoq vaqt parhez, surunkali otit, stress, surunkali charchoq, sochning noto‘g‘ri parvarishi, anemiya, B guruh vitaminlari, ruh va temirlarning yetishmasligi, pigment ishlab chiqarishdagi nosozliklar.

Bolam bronxial astma bilan kasallangan. Tegishli, vrach tomonidan buyurilgan dori vositalaridan keyin ahvoli yaxshilandi. Vrach bolamni sanatoriya-kurortda davolanishi kerakligini tavsiya etdi. Bu qanchalik foydali?

Vrach tavsiyasi juda to‘g‘ri va bu bolangiz uchun juda foydali. Sanatoriyalarning tavsiya etilishidan maqsad, bolangiz doimo bir xil muhitda (uy, maktab yoki bog‘cha) bo‘lib qolmoqda. Bolangizdagi astmaga ham shu muhitlardagi allergenlar sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Allergenlar bolaga ta’sir etib turishi natijasida bolaga muolaja o‘tqazilgani bilan natija yuzaga kelmasligi mumkin yoki effekti kam bo‘ladi. Shu sababdan ham vrach bolangizga sanatoriya-kurort davolash maskanlarini tavsiya etgan.

Mening emizikli bolam bor. Afsuski, Gepatit A bilan kasallandim. Vrach menga bolamni emizaverishga ruxsat berdi. Qanday holatlarda ona bolani emizishi butkul ta’qiqlanadi?

Umuman olib qaraganda gepatit A bilan kasallangan ayollarga bolasini emizaverish tavsiya etiladi. Lekin bunda onaning individual xususiyatidan, kasallik qanday kechayotganligidan kelib chiqib emizish yoki emizmaslik aytiladi. Savolingizga keladigan bo‘lsak, homiladorlik va tug‘ruq jarayonida turli sabablarga ko‘ra onadan ko‘p qon ketishi kuzatilsa, tug‘ruqdan keyin ona juda quvvatsizlanib qolsa, bolani emizish to‘xtatiladi. Shuningdek, onada sil kasalligi aniqlanganda, yurak tizimi kasalliklarida,OITS, zahm va ruhiy kasalliklarga chalingan onalarga bolani emizish butkul ta’qiqlanadi.

Ba’zi vaqtlarda ayolim bilan jinsiy yaqinlikda uning bu holatdan soviyotganligini sezaman. Umuman lazzatlanish hissi yo‘qolib qoladi. Aytingchi, bu holat farzadli bo‘lishimizga qanchalar ta’sir etadi?

Ayolingizda kuzatilayotgan sovuqqonlik anorgazmiya deb yuritiladi. Anorgazmiya butun ayollarning 20 foizida kuzatiladi, ya’ni ular jinsiy yaqinlikdan lazzatlanisha olmaydi. Ayolingizda kuzatilayotgan holat o‘tkinchi anorgazmiya ortiqcha uyalish, tortinish, jinsiy aloqa vaqtida kuzatiluvchi tabiiy noqulayliklardan bezovtalanish, qo‘rqish oqibatida paydo bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Bu holat er-xotin o‘rtasidagi sabrli va tushunarli munosabatdan keyin ko‘pincha o‘tib ketadi. Ayollarda kuzatiladigan anorgazmiya farzand ko‘rish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.

Savollarga javoblar Facebook’dagi «Dnk.uz» guruhimizdagi hamkor mutahassislar tomonidan berildi. Bu guruhda siz ham o‘z savollaringizni qoldirishingiz va ularga malakali mutahassislardan javoblar olishingiz mumkin. Guruhga Facebook.com/dnk.uz va Dnk.uz havolalari orqali o‘ting!

11 комментариев

  1. Salom mening tovonim ikki yil oldin singan xozirgacha ogriydi u nimada nima qiliw kere

  2. Assalom alaykum yoshim 25 da 1 yilda oshiqroq muddatda bo’ksaning chap tomoni tepasida og’riq ba’zi ba’zida tutib turadi avvalari o’tirganda og’rib turar edi hozir ko’proq piyoda yurganda ka, hollarda o’tirgan holatda og’rib qoladi, gemorroy ham bor (balki aloqasi bordir) nima maslahat berasiz. Oldindan rahmat.

  3. Bir tabishimning jinsiy lablari atrofi qoraygan. Malochnitsasi deyarli har kuni keladi. Ko’p emasu ammo kuniga sal sezilarli darajada. Bunga nima sabab bo’lgan? Uyatli bo’lsa ham aytaman u qizlik pardasini oldirib qo’ygan. Ushbu holatlar hastalikmi? Agar shunday bo’lsa buni qanday davolasa bo’ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

  4. Onanizmni davolash uchun nma maslahat berasz iloji bo’sa aniqro malumot berin javobiz uchun rahmat

  5. фуркатжон

    салом бундан 3 ой олдин баданимга кичима тошди, хечканака маз тасир килмади якинда масквага келдим хаво алмашсам яхши булади деб уйлагандим халия кичиши колмади. Баданимни кашлашимда конаб кетади илтимос ёрдам берийлар канака маз ёки канака дори олишим керак олдиндан рахмат

  6. Poliartititni davolayman

  7. Asolomu aleykum iltmos! men moskvadaman ayogim ozidan ozi iwib ketyapti
    ogriq yoq sababini bilganlar bolsa yozim qoldiringlar
    +79267800097 shu nomerdaman

  8. Oshqozon ichak rakini davolasa boladimi va qayda davolaydi

  9. Assalomu alaykum xurmatli shifokorlar meni jiyanim 3 oylik shifokorlar yurak parogi tashxisini qo‘yibdi.va yana aytibdiki 3 oydan kiyin yana olib keling yana tekshiramiz debdi.yurak parogi nima uzi. Davosi qanday bo‘ladi. Javob uchun oldindan rahmat.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*