Sakkizinchi hakim — sindorlik ( 28-qism )

Sizning mushaklaringiz yetarlicha kuchli ekanida ular umurtqani hech bir qiyinchilik va noqulayliksiz tutib turgan. Endi esa mushaklaringiz gravitatsiya (tortishuv) kurashlari natijasida nochorlashgan. Ehtimol, bunga bevaqt qarish, oshiqcha yuk yoki bo‘shasha olmaslik aybdordir.
Qomatingizni   ko‘targanda,   to‘g‘rilanayotganingizda yelkangizda og‘riq sezmadingizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz shoshilinch choralar ko‘rmog‘ingiz lozim. Eng avvalo, nochorlashgan  muskullarni mustahkamlash zarur. O‘zingizni ko‘zguda bir ko‘ring!  Munkayib qolmaganmisiz? Bukir paydo bo‘lmaydimi?  Yelkangizdagi og‘riq sabablarini bildingizmi? Agarda mushaklarning nochorligi va noto‘g‘ri qomatdan yelkangiz og‘riyotgan bo‘lsa, aziyat chekmang, siz bu vaziyatni, juda chuqurlashib ketgan  bo‘lsa xam tezda o‘nglab olasiz. Yelkadagi og‘riq insonning ikki oyoqda yurish imtiyoziga yomon munosabatda bo‘lganingiz uchun jazodir. Taxmin qiladilarki, odamzotning ajdodlari to‘rt oyoqli bo‘lishgan. Vertikal xolatda turish va yurish — inson uchun tamomila tabiiy hol. Qiziq, sut emizuvchilardan, insondan tashqari hech kim, xatto, shimpanze va gorillo ham ikki oyoqda yurmaydi.
Inson umurtqasi tabiiy burmalarga ega bo‘lib, ular mushaklarning gravitatsiyaga qarshi tura olish va yelkani to‘g‘ri ushlab turish qobiliyatini beradi. Mana shu mushaklar qachongacha kuchli bo‘lsa, o‘shangacha yelka to‘g‘ri bo‘lib turadi. Qachonki muskul charchasa, yelka egiladi, og‘riq paydo bo‘ladi.
Agarda siz to‘g‘ri ovqatlansangiz va o‘z tanangizga g‘amxo‘rlik qilsangiz, yaxshi qomat — muammo emas. Agarda tana eng kerakli narsalardan maxrum bo‘lsa, ko‘pincha noto‘g‘ri qomat paydo bo‘ladi. Agarda o‘ta yomon odatlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, tuzatish tadbirlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bular masalan, maxsus mashqlar va siningizga doimiy e’tibor qaratishdir.

QANDAY QILIB TO‘G‘RI TURISH, O‘TIRISH VA YURISH MUMKIN.

O‘tirganingizda umurtqa to‘g‘ri, qorin oldinga, yelkalar kerilgan, bosh ko‘tarilgan bo‘lishiga e’tibor qilmog‘ingiz lozim. Qo‘lingizni bukishingiz yoki tizzangizga qo‘yishingiz mumkin.
Yurganingizda, ko‘krak qafasining o‘rta chizig‘iga mo‘ljallab qadam tashlaganingiz ma’qul. Bu yurishni salmoqli va yumshoq qiladi. Salmoqli va prujinali qadam tashlash — xuddi avtomatik ravishda energiya ishlab chiqarayotganga o‘xshaydi. Odatlar o‘zimiz tomonimizdan bunyod etiladi yoki buziladi, qad-qomatni yaxshi ushlab turish chiroyli va kuchli tanani shakllantiradi.
O‘tirganingizda oyoqni birining ustiga ikkinchisini qo‘yib ya’ni chalishtirib o‘tirmang. Mushaklarga qon olib boradigan ikkinchi arteriya tizzaning tagidan o‘tadi. Oyog‘ingizni chalishtirib o‘tirganingizda qon aylanishida buzilishni sodir etasiz. Yetarli darajadagi qon aylanmaslik va oziqlanmaslik qonning uyushib qolishiga olib keladi. Uncha yosh bo‘lmagan kishilarning oyog‘iga qarang. Ularning oyoqni chalishtirib ko‘p o‘tirganliklari tufayli kapillyarlar va venaning buzilganini ko‘rasiz. Oyok mushaklari yetarli darajada ozuqa olmaganligi tufayli oyoq nochor bo‘lib qoladi. Qon aylanishi esa lanj bo‘ladi.
Mashxur kardiologdan: “Yurak xuruji qachon ko‘proq sodir bo‘ladi”,- deb so‘raganlarida, u: “Odam osoyishta, oyog‘ini chalishtirib o‘tirganda”,- deb javob qaytargan. Eng yaxshisi oyoqni polga qo‘yib o‘tirgan ma’qul.
Har qanday ko‘rinishdagi yomon qad-qomat yelkaning yuqori qismining og‘rishiga va yelkada charchoqning to‘planishiga olib keladi. Og‘riq bo‘yin va belda xam paydo bo‘lishi mumkin. Eng oddiy va foydali odat — to‘g‘ri turmoq, to‘g‘ri yurmoq, to‘g‘ri o‘tirmoq, hech qachon oyoqni chalishtirmaslik. Bu hech qanday alohida kuch sarflashni talab qilmaydi, lekin odamning to‘g‘ri turishi, yurishi va o‘tirishi natijasida to‘g‘ri qad-qomat o‘z-o‘zidan shakllanadi va hayotiy zarur bo‘lgan muchalar normal holatga keladi, normal faoliyat ko‘rsatadi.
Shunday qilib, siz to‘g‘ri qad-qomatli bo‘lishga e’tibor qaratmog‘ingiz va bu kundalik odatingizga aylanmog‘i lozim.
Biz yomon odatlarimiz bilan jazolanamiz, yaxshilari bilan siylanamiz.
Agar kimdir noto‘g‘ri o‘ylayotganim va qilayotganimga meni ishontirsa, men quvonch bilan uning maslaxatlariga amal qilib, tutumimni o‘zgartiraman. O‘zining bilmasligiga yopishib olgan odam nohaqdir.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishini tayyorlagan Islom.uz sayti mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*