El sog‘ligi — yurt boyligi

Tadqiqot: Ruhiy siqilish miyaning erta qarishiga sabab bo‘ladi

Turli xil stress holatlari miyani 4 yilgacha qaritishi mumkin, deb yozadi The Daily Mail nashri. Hammasi bo‘lib 27 ta miya uchun zararli hayotiy hodisalar ro‘yxati tuzildi. Muammolar ba’zan bolalik davridanoq boshlanadi.

ruhiy siqilish

Agar bolaning ota-onasi ish topolmasa yoki alkogol, narkotik bilan bog‘liq muammolarga yo‘lliqqan bo‘lsa, u ruhan azoblanadi. O‘smirlik va balog‘at yoshida ota-onaning ajrashuvi, yaqin kishisini yo‘qotish, jiddiy mojarolar kabi holatlar miyaning zararlanishiga olib keladi. Pul muammosi, muvaffaqiyatsizlik, ishdan bo‘shash, ko‘ngilsiz hodisalar – bular ham xavfli omillar.

Jiddiy ruhiy siqilish miya yallig‘lanishi yoki depressiyani yuzaga keltiradi, bu esa aqli zaiflik xavfini oshiradi. Umuman olganda, ruhiy siqilish miyaning erta qarishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Depressiyadan qanday qilib osonlik bilan chiqish mumkin?

© Mirjalol Madvaliyev.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.
Soglom.uz nashri

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.