Moychechakning dorivorligi

Shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan moychechak (romashka) o‘simligi  teri va uyqu holatini meyorlashtirish xususiyatiga ega. Tomoq yallig‘lanishi va shamollashda ham moychechak damlamasi yaxshi yordam beradi. Bunday dorivor o‘simliklarni qog‘oz yoki mustahkam quttida saqlagan yaxshiroq. Damlama tayyorlash jarayonida esa uning faqat to‘pgullaridan foydalangan ma’qul. Quyidagi maslahatda moychechakning shifobaxsh xususiyatlari haqida to‘xtalamiz. Siz endi moychechakning qanday xususiyatlarga egaligi va undan qanday qilib foydalanish usullarini ham bilib olishingiz mumkin.

Maslahatlar:

  •  Moychechak damlamasi asablarni tinchlantiradi. Ishdan so‘ng albatta bir finjon ushbu damlamadan ichish yaxshi dam olib turish uchun nihoyatda foyda beradi. Bu choyni kattalar va bolalar ham iste’mol qilishlari mumkin. Uyquning meyoriy bo‘lishi uchun moychechak (romashka), lavanda (havorang yoki binafsharangli xushbo‘y yashil o‘simlik), melissaning gullari foydalidir. Bu o‘simliklardan 10 gr dan olib aralashtiring va (200 ml) qaynoq suv soling hamda 15 daqiqadan so‘ng iste’mol qiling. Shunda asablaringiz dam olgani va tinchlanganini his qilasiz.
  •  Tomoq og‘rishi yoki shamollashning oldini olish uchun moychechak damlamasi bilan tomoqni chayish foyda qiladi. Buning uchun 20 gr moychechakka qaynoq suv soling va 20 30 daqiqa davomida tindiring. Har 2 soatda yangi tayyorlangan eritma bilan tomoq chayib turilsa tezda shamollashning oldi olinadi.
  • Uyquni qochirish uchun. E’tibor qilgan bo‘lsangiz kofe ichganda tish sarg‘ayib qoladi ba’zilarda esa yuz terisi yoqimsiz rangga o‘zgaradi. Lekin uyquni qochirish uchun kofe ichishga majbur bo‘lasiz. Buning o‘rniga moychechak damlab, unga asal qo‘shib ichish sizni bir muncha tetiklashtiradi.
  •  Yuzingiz tiniq va dam olganday yaxshi ko‘rinishi uchun moychechak damlamasidan foydalaning. Tunda, uyquga ketishdan oldin ushbu eritma bilan yuzingizni namlab arting. Ertalab turganingizda yuzingiz muloyim va nafis bo‘lib qolganini sezasiz.
  • Tovondagi yoriqlarni ketkazish uchun Ko‘pchilik ayollarning tovoni quruq bo‘lib muntazam yoriqlar hosil qiladi. Moychechak ertimasi va dengiz tuzidan solib vanna qilinsa tovoningiz ancha yumshoq va nafis bo‘ladi. Moychechakli suvga 15 20 daqiqa atrofida vanna qiling, (tovoningiz shunda ham juda quruq bo‘lsa) oyoq kafti va tovonlariga yumshatuvchi yog‘li krem surting.

Ayollar go‘zalligi nafaqat dorivor giyohlarga bog‘liq, balki tinch uyqu, yaxshi oilaviy muhit, bolalarning sog‘lig‘i, turmush o‘rtog‘ining yaxshi e’tibori – bularning bari ayollarning o‘zlarini yaxshi his qilishi va yanada chiroyli, go‘zal bo‘lishiga yordam beradi.

Avitsenna.uz saytida quyidagi o‘simliklarning ham shifobaxshlik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin:

8 комментариев

  1. Assalomu alekum. Moychechak damlamasini emizikli ayollar ham ichsa boladimi.

  2. Assalomu alaykum shamolab tomog’im og’rigandi tomog’imning ung tarafida ushlab kurganda bilinadigan kichkina tuguncha bilinopti yuzadan qaraganda bilinmaydi bu nima va qanday ketqazsam buladi oldindan rahmat

  3. Hamladorlikda moychechak damlamasini ichish mumkinmi

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*