Oqilona (ratsional) ovqatlanish nima?

Oqilona (Ratsional) ovqatlanish bu:

  • Ovqatlanishda xilma-xil mahsulotlarning bo‘lishligi;
  • Ma’danlar, vitaminlar, oqsil va karbonsuvlar, temir moddasiga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar;
  • Oziq-ovqatlarning pokizaligi, yangi va barraligi;
  • Mahsulotlarning imkon qadar tabiyligi;
  • Ovqatlanish tartibi hamda odoblariga rioya etilishi;
  • Jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kuchaygan paytda (sport bilan shug‘ullanish yoki imtihonlardan oldin) qo‘shimcha vitaminlar ichish;
  • Tuz, qahva, shakar, shirinliklar singarilarni meyorida iste’mol qiling;
  • Uzoq muddat och qolish, doim quyiq va quriq ovqatlarni, qalampir, murch, sirka, xantal,sarimsoq kabilarni ko‘p is’temol qilishdan saqlanish.

Maktab yoshida ayniqsa, o‘smirlik davrida nooqilona ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar:

  • Kamqonlik;
  • Semirib ketish yoki ozish;
  • Ovqat hazm qilish tizimi a’zolari faoliyatining buzilishlari;
  • Aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish;
  • Odam umumiy quvvati – immunitetining pasayishi va uning oqibatida yuqimli kasalliklarga chalinishga moyillik.
FAST FOOD ta’omlaridan – lavash, hot-dog, gamburger, shaurma, chips singarilarni, suniy shakarli gazlangan shirin ichimliklarni kunda, muntazam iste’mol qilish ham sog‘likka putur yetkazadi.

Ta’omlanishning odoblari!

(Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Yaxshi kishilar odobi» kitobidan)

  • Adabi avval – taomni kam yeyiladi. Va durust ochlik yuz bermasa taom yeyilmaydi va yana taomni ta’bida bir oz ochlik qoldirib yeyiladi;
  • Kattalar taomga qo‘l uzatmaguncha kichiklar qo‘l uzatmaydilar;
  • Yeb-ichish o‘ng qo‘lda bajariladi;
  • Taomni o‘z oldidan oladi;
  • Nonni ikki qo‘l bilan sindirilib, bo‘laklarga bo‘lib yeyiladi;
  • Taomlanish vaqtida, garchi och bo‘linsa ham tez-tez, shitob bilan yeyilmaydi;
  • Luqmani katta ham, kichik ham emas, o‘rtacha olinadi va og‘izda luqma yaxchi chaylanib, ohista yutiladi.;
  • Taom ustida boshdan oxirigacha xomush o‘tirish mumkin emas. Hech qanday taom kamsitilmaydi;
  • Agar imkon bo‘lsa taom tanho yeyilmaydi, negaki ko‘p qo‘l uzatilgan taom barakali taomdir;
  • Ayrim taomlardan so‘ng tishni hilol cho‘p bian kavlash mumkin;
  • Qo‘l taomlanishdan ilgari ham, so‘ng ham yuviladi;
  • Taom yeb bo‘lingach hamd va duo aytiladi, so‘ng taom egasini duo qilinadi.

Jamolxon o‘g‘li Mubashshir Qosim. Gastroenterolog.

2 комментария

  1. Zararsiz semirish uchun qanaqa vitamin ichish kerak va qanaqa ovqatlar yeyish kerak(men karate sport turi b.n shug’illanaman shuni ham e’tiborga olsangiz). Javob uchun oldindan raxmat!

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*